calendar 03 Jul 22:14
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

NATO a’zolari Kiyevga 40 mlrd yevro miqdorida yordam ko‘rsatishga kelishib oldi

image

NATOga a’zo davlatlar 2025 yilda Ukrainaga 40 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 3 iyul kuni manbalarga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ittifoq yetakchilari bu boradagi majburiyatni imzolashi kutilmoqda. Shartnomada aytilishicha, a’zo davlatlar "mutanosib badallar orqali ushbu majburiyatni bajarishga harakat qiladi".

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans davlatlarini Ukrainaga yiliga kamida 40 milliard yevro miqdoridagi yordamni kafolatlashga chaqirgan.

"Bu Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushda g‘alaba qozonmasligini ko‘rsatish uchun", degan Stoltenberg 31 may kuni Pragada NATOga a’zo 32 davlat Tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuv yakunida u.

40 milliard yevrolik ko‘rsatkich taxminan 2022 yil fevralida Rossiya qurolli bosqinining boshlanishidan buyon G‘arbning Ukrainaga bergan yillik yordami miqdoriga to‘g‘ri keladi.

Alyans mamlakatlari o‘rtasida moliyaviy yukning adolatli taqsimlanishini qanday ta’minlash mumkinligi haqidagi savolga Stoltenberg har bir davlatning hissasini YAIM hajmidan kelib chiqib hisoblash mumkinligini aytdi. Bu AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya boshqa NATO mamlakatlariga qaraganda ancha ko‘proq mablag‘ ajratishi kerakligini anglatadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
197
0
xs.uz

Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

“ChatGPT”dan foydalangan talabalar qoʻlga tushmoqda

Buyuk Britaniyada 'ChatGPT' va boshqa sunʼiy intellekt vositalaridan notoʻgʻri foydalanish holatlari tobora kuchaymoqda. 'The Guardian' nashri oʻtkazgan surishtiruvga koʻra, 2023'2024 oʻquv yilida universitetlarda akademik halollik qoidalarini buzish bilan bogʻliq deyarli 7 mingta holat aniqlangan. Bu har ming talabaga 5,1 ta holatdan toʻgʻri keladi. Solishtirish uchun, oʻtgan yili bu koʻrsatkich atigi 1,6 tani tashkil qilgan edi. Mutaxassislar fikricha, bu raqam yil oxirigacha 7,5 ta

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

08 Jun 02:27
 
33
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi