calendar 03 Jul 16:47
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ostonada yig‘ilayotgan SHHT yetakchilari. Sammitdan nimalar kutilmoqda?

image

3-4 iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining 24-kengaytirilgan sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Bir kun avval Xitoy rahbari Si Szinpin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi. U ham sammitda ishtirok etadi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa bugun, 3 iyul kuni ertalab Ostonaga yetib bordi. 

Shuningdek, Qozog‘iston poytaxtiga mamlakati tashkilotda kuzatuvchi bo‘lgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiin Xurelsux ham keldi. Ostonadagi sammitda SHHTning markaziy osiyolik a’zolaridan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi. Tojikiston tomonidan sammitda Prezident Imomali Rahmonning qatnashish-qatnashmasligi hozircha ma’lum qilinmadi.

Hindiston tomondan sammitda Bosh vazir Narendra Modi emas, balki Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar ishtirok etadi. Pokiston tomonidan esa Bosh vazir Shahboz Sharif qatnashadi. Erondan prezident vazifasini bajaruvchi Muhammad Moxber keladi. SHHTda kuzatuvchi maqomidagi Belarusga esa Aleksandr Lukashenko vakillik qiladi. 

Sammitning kengaytirilgan formati tashkilotning muloqot bo‘yicha hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar rahbarlarining ishtirok etishini nazarda tutadi. Ular orasida Ozarbayjon, Qatar, BAA, Turkmaniston va Turkiya bor. Ozarbayjon va Turkiyadan Prezidentlar Ilhom Aliyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirok etadi. 

Ma’lumot uchun , Xalqaro tashkilotlardan SHHTning Ostona sammitida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev va KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti rahbarlari ishtirok etadi.

“Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash: barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tadigan sammitning asosiy kun tartibi dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda SHHT rolini kuchaytirishdan iborat bo‘ladi. Rahbarlar barqarorlikni ta’minlash uchun birinchi navbatda xalqaro savdo va iqtisodiyotga e’tibor qaratish niyatida. Sammitda mintaqaviy xavfsizlik, infratuzilma, energetika, ekologiya, sog‘liqni saqlash, turizm, ta’lim, raqamlashtirish, transport va logistika masalalari ham muhokama qilinadi. Sammit yakunlari bo‘yicha turli sohalarga oid 20 dan ortiq hujjatlar, jumladan, SHHTning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar va istiqbolli tadqiqotlar bo‘yicha pozitsiyasini aks ettiruvchi Ostona deklaratsiyasi, shuningdek, SHHTning 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi va “2030 yilgacha SHHT energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi” qabul qilinadi.

Sammit kun tartibidagi muhim mavzulardan biri ham terrorizmga qarshi kurash mavzusi bo‘ladi. Tadbirda “2025-2027 yillarga mo‘ljallangan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi” va “SHHTning 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan narkotiklarga qarshi kurash strategiyasi” muhokama qilinadi. Belarusning SHHTga to‘laqonli a’zoligi bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Sammitdan so‘ng SHHTga raislik Xitoyga o‘tadi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
20
0
xs.uz

Isroilning Gʻazodagi urushdan maqsadi nima?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning aytishicha, uning Gʻazodagi urush maqsadlari Livan chegarasi yaqinidagi hududlardan qochgan isroilliklarning oʻz uylariga qaytishiga imkon berishni oʻz ichiga oladi.Isroil qariyb bir yil oldin Gʻazoga qarshi urush boshlaganidan beri Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Livanning 'Hizbulloh' qurolli guruhi oʻrtasida deyarli har kuni chegaradan oʻt ochish holatlari kuzatilmoqda.Seshanba kungi Netanyahu idorasi bayonotida aytilishicha, 'shimol aholisi

03 Sep 21:35
 
23
0
xs.uz

Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi 'Hyundai' rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 naf

24 Aug 17:27
 
28
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga

26 Aug 12:29
 
44
0
xs.uz

Pavel Durov Fransiyada qamaldi

Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxsiy samolyotida qoʻnganida aeroportda qoʻlga olingan.Uni huquq tartibot organlari Durovni 'narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik'da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yoʻqligi va qonunni himoya qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikdan bosh tortgani koʻrsatilmoqda.Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblar