calendar 03 Jul 15:25
eye 120
comments 0
comments Manba: postda.uz

MATONAT VA MARDLIK BIR BO‘LSA...

image

Bosib o‘tgan yo‘ling ravon bo‘lsa, ko‘ngling xotirjam bo‘ladi. Eng asosiysi, odamlar ko‘ziga tik qaray olasan. Qilgan yaxshi amallaringdan faxr tuyasan. Bu fikrlar maqolamiz qahramoni, uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi polkovnik Alisher Jo‘raevga ham tegishlidir. 

TAQDIRNING BITIGI

Iste'fodagi polkovnik Alisher Jo‘rayev 1956-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1973-yili o‘rta maktabni tamomlab, Rossiyaning Novokuznesk shahridagi Sibir metallurgiya ins­titutiga o‘qishga kirgan. Tahsil olib yurgan kezlari, ichki ishlar organlari talabalarni jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tadbirlarga jalb qilardi. Talabalar orasida alohida ajralib turgan A. Jo‘rayevga aslida o‘shanda taqdirning o‘zi ichki ishlar organlari xodimi bo‘lishini belgilab qo‘ygandek edi. Zabardast, epchil, zuvalasi pishiq yosh yigitning g‘ayratu shijoatini ko‘rgan rahbariyat uni ishga taklif etadi. Shunday qilib, u faoliyatini Harbiy o‘t o‘chirish qismidan boshlaydi. Biroz muddat o‘tgach, milisioner bo‘lib ishlaydi. 

Halol, intizomli, mas'­uliyatli, tashabbuskor xodim sifatida tezda rahbariyat tiliga tushgan 

A. Jo‘rayev Novokuznesk shahri IIB Korrupsiyaga qarshi kurash xizmatida faoliyatini davom ettiradi. Ishdan ajralmagan holda maxsus milisiya maktabida tahsil oladi. Turli vazifalarda ishlab, tajriba orttiradi. 

1981-yili O‘zbekiston Res­publikasi IIV xizmatiga chaqirtiriladi. Poytaxtda ishni Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatidan 

boshlaydi. 

Ko‘p yillar Narkotikka qarshi kurashish xizmatida bo‘lim boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari va bosh­liq lavozimlarida ham ancha yillar samarali mehnat qilgan. Markaziy Osiyoda BMTning Narkotik va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish markazi, shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi hamda Oliy Majlis huzurida Narkotikka qarshi kurashish milliy markazi ochilishida alohida hissa qo‘shgan.

Yurt osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatlari vazirlik va hukumatimiz tomonidan bir necha bor e'tirof etilgan. Xususan, 1996-yili «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. Xuddi shu yili polkovnik unvoniga ega bo‘lgan. O‘shanda u endigina navqiron 40 yoshda bo‘lgan. 

A. Jo‘raev xodimlarning bilim va kasbiy mahoratini oshirish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga, yetarlicha xizmat sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor bergan. Ularning Vengriya, Amerika, Turkiya kabi davlatlarda o‘qib, malaka oshirishini ta'minlagan. Ko‘plab shogirdlari bugungi kunda yuqori davlat idoralarida, IIV tizimida xizmat vazifasini bajarib kelmoqda. Xususan, Ulug‘bek Tursunov, Shuhrat Sotvoldiev, Murod Nosirov uning eng shijoatli shogirdlaridan. Bir qator shogirdlari Rossiya Ichki ishlar vazirligi tizimida, Samara viloyatida, Kirovda, qo‘shni respub­likalarda, xorijda xizmat qilmoqda.

PULI BOR BOLANI BUZISHGA URINISHADI

Iste'fodagi polkovnik Alisher Jo‘rayev bugungi kunda ham, ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari iste'mol qilish holatlari ortib borayotganini kuyunchaklik bilan gapiradi. Yoshlar tarbiyasida «maktab – mahalla – oila» hamkorligi, jipsligi nihoyatda muhimligini ta'kidlaydi. Ayniqsa, ota-onalar farzandining do‘sti kim, qo‘l telefonidagi suhbatdoshlari kim, qiziqishlari qanaqa, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazyapti... Shularni nazoratga olish, moddiy jihatdan bolani ortiqcha erkalatmaslik lozim, deydi. Chunki pul bolani buzadi. Yanayam to‘g‘rirog‘i, puli bor bolani buzishga urinishadi. 

BAXTIYOR OILA

Alisher aka eng buyuk saodat — oila baxti, deb hisob­laydi. Uning uch nafar qiz farzandi bor: kattasi Aziza, Toshkent farmasevtika instituda o‘qituvchi. Keyingisi Feruza, Sudyalar oliy maktabi bitiruvchisi. Asli Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan, Davlat soliq qo‘mitasida ishlaydi. Kenjasi Ziyoda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan, «AKFA Medline» klinikasida shifokor bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Minavvara opa esa ko‘p yillar respublika modellar uyida xizmat qilgan. «Allohga shukr, onasining sa'y-harakati, tarbiyasi tufayli qizlarimizdan ko‘nglim to‘q. Barchasi uchun turmush o‘rtog‘imdan minnatdorman», deydi lavhamiz qahramoni. 

BUGUNGI KUNDA...

Iste'fodagi polkovnik Alisher Jo‘raev poytaxtimizning Shayxontohur tumani Zafarobod mahallasida yashaydi. Uni kattayu kichik hamma taniydi. Kezi kelganda, biron masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq, maslahat olishadi. Mahalla idorasidan oqsoqol, profilaktika inspektori ham bot-bot so‘rab turishadi. Qahramonimiz hali hamon odamlar orasida, ularning og‘irini yengil qilishga, qo‘lidan kelgan yordamini berishga harakat qiladi. 

O‘zining ham bo‘sh o‘tirishga toqati yo‘q, biznes bilan shug‘ullanadi, o‘zining logistika xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Biz ham qahramonimizga mustahkam sog‘liq, ishlariga esa barokat va kuch-quvvat tilaymiz. 

Adolat FAYZIYEVA,

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:50
 
31
0
xs.uz

Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi

Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi

Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal

31 May 08:51
 
112
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava