calendar 03 Jul 13:41
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Olimpiada medallari uchun sportchilarga beriladigan mukofot pulining miqdori e’lon qilindi (foto+video)

image

Kecha, 2 iyul kuni Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi rahbari Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abdurahmonov, Davlat Xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari, sportchi hamda murabbiylar, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida senat raisi Tanzilla Norboyeva va Bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqib, to‘rt yillikning eng yirik sport tadbirida O‘zbekiston vakillariga omad tiladi.

Abdulla Aripov Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida ham aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining oltin medal sohiblariga 200 ming, kumush medal egalariga 100 ming, bronza medal sovrindorlariga esa 50 ming AQSH dollar pul mukofoti taqdim etiladi. Sportchilarni murabbiylariga esa mos ravishda 50, 25, 12,5 ming AQSH dollari beriladi.

Shuningdek, tadbirda Olimpiada o‘yinlarida qaysi sportchi O‘zbekiston bayroqdori bo‘lishiga ham oydinlik kiritildi. Bunday sharafli vazifa boks bo‘yicha jahon chempioni Abdumalik Xalakov va  qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni Zaynab Dayibekovaga ishonib topshirildi.

Tadbir yakunida hukumat vakillari va sport federatsiyalari rahbarlari Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan atletlar bilan esdalikka fotosuratga tushdi. Endi birin-ketin O‘zbekiston sport terma jamoalari Parij shahriga jo‘nab ketadi. Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bahslar 12 avgustga qadar davom etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

20 Mar 12:50
 
33
0
postda.uz

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar