calendar 03 Jul 13:27
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH maxsus vakili Dohada “Tolibon” bilan uchrashdi

image

AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest Dohada “Tolibon” harakati vakillari bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

"Maxsus vakil Tomas Uest va Afg‘onistondagi ayollar va qizlar huquqlari bo‘yicha maxsus elchi Rina Amiri Dohada “Tolibon” vakillari bilan bevosita uchrashdi", deydi Patel.

Patelning aniqlik kiritishicha, uchrashuvlarda Afg‘onistonda qo‘lga olingan amerikaliklar masalasi ham ko‘tarilgan.

"Maxsus vakil G‘arb Afg‘onistonda noqonuniy hibsga olingan AQSH fuqarolarini zudlik bilan va so‘zsiz qo‘yib yuborishni talab qilib, bu hibslar “Tolibon”ning xalqaro e’tirofga erishish yo‘lidagi taraqqiyotga to‘sqinlik qilishini ta’kidladi", deb qo‘shimcha qildi u.

Davlat departamenti vakili hibsga olinganlar bilan aloqalar yoki ular bilan konsullik aloqasi haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2013 yildan beri “Tolibon”ning Qatarda siyosiy idorasi mavjud. Afg‘onistonda hokimiyatni 2021 yil yozining oxiri – 2021 yilning kuzining boshlarida qo‘lga kiritgach, “Tolibon” bir necha bor Dohaga delegatsiyalar jo‘natib, u yerda Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlar vakillari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan.

“Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatning qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Lukashenkoning MDH davlatlariga shikoyatlari va Kurskdagi magʻlubiyat (+video)

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildiBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 'Rossiya' telekanaliga bergan intervyusidan soʻng Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.Lukashenko, jumladan, oʻz intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik koʻrsatmayotgani va oʻzaro yordam koʻrsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozogʻistondagi miti

08 Sep 16:45
 
26
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

Rossiyada vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Shu yilning 16-sentyabr kuni Amur viloyatida gʻoyib boʻlgan 'Robinson R66' rusumli vertolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida uning bortdagi uch kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Zeya tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib, 'TASS' xabar berdi.'Vertolyot topildi, bortdagi uch kishi halok boʻlgan. Vertolyot favqulodda mayoq qoldirilgan joydan topildi', ' deyiladi xabarda.'112' telegram kanaliga koʻra, vertolyot bort

20 Sep 00:23
 
29
0
xs.uz

Ukrainaning “gʻalaba rejasi” ishlaydimi? AQSH oʻz munosabatini bildirdi

AQSH rasmiylari Ukrainaning yangi taklif etayotgan 'Gʻalaba rejasi'ga ishonch bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Rossiya bilan uzoq davom etgan mojaroga barham berish uchun ushbu loyiha eng samaralisi boʻlishi mumkin. Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan eʼlon qilingan reja 'haqiqiy, adolatli tinchlik'ni taʼminlashga qaratilganini iddao qilgan.Qayd etish kerakki, strategiyaning aniq tafsilotlari hali jamoatchilikka toʻliq oshkor etilmagan. A