calendar 03 Jul 10:38
eye 96
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i va hokimlik mansabdorlari ushlandi

image

Xorazm viloyatining Urganch tumanida yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sobiq komissiya mansabdor shaxslari, tuman qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i va bir nechta shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urganch tumani hokimligining yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sobiq komissiya mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilishi uchun 41 ball bonitetli 1,5 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonini ajratib berish to‘g‘risida tuman hokimining noqonuniy qarori qabul qilinishiga erishgan.

Shuningdek, 15.000 kv metr qurilishi tugallanmagan noturar joy ob’ektining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida joylashgani hamda Urganch shahrining bosh rejasiga muvofiq, yo‘l hududida ob’ektlar joylashtirib bo‘lmasa-da ob’ekt ixtisosini o‘zgartirishga noqonuniy ruxsatnoma berilgan. Oqibatda, 14.200 kv metr yer maydonida turar-joylar qurilib, sotib yuborilgan davlat va jamoat manfaatlariga  756 million 531 ming so‘m zarar yetkazilgan. 

Ushbu holatlar bo‘yicha Urganch tumani hokimligining yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sobiq komissiya mansabdor shaxslari, tuman qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (Yer berish tartibini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat

14 Apr 06:18
 
50
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v

24 Mar 13:25
 
456
0
xs.uz

Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani

23 Mar 16:44
 
80
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.Soʻnggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar ' oliy va yuqori darajadagi sammitlar, konferensiya va kongresslarning anʼanaviy mezboniga aylandi.2022-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Buyuk ipak yoʻli' majmuasi bun