calendar 02 Jul 09:44
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yerevan bilan tinchlik kelishuvining asosiy sharti Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishdir – Aliyev 

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan tinchlik kelishuvining asosiy sharti, Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volarni o‘z ichiga olgan Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirish ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlarsiz shartnoma imzolanmaydi. Shu haqdagi tegishli bayonot Prezident ma’muriyati tomonidan e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Kanadaning Bakudagi yangi elchisi Kevin Hamilton Aliyevga ishonch yorliqlarini topshirgan. Ishonch yorliqlarini qabul qilgan Aliyev elchi Hamilton bilan suhbatlashgan.

Elchi Hamiltonning aytishicha, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keng qamrovli tinchlik shartnomasi imzolansa, uning mamlakatining ham Ozarbayjon, ham Armaniston bilan aloqalari yanada rivojlanadi.

Hamilton, Kanada har doim Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

O‘z navbatida, Aliyev Armaniston bilan imzolanadigan tinchlik shartnomasi Ozarbayjonning biron bir davlat bilan munosabatlarida muhim rol o‘ynay oladi, deb o‘ylamasligini ta’kidladi.

Prezident Ozarbayjon bilan Yevropa Ittifoqining 10 ta davlati o‘rtasida strategik sheriklik deklaratsiyasi imzolangani va bu imzolarning aksariyati 2-Qorabog‘ urushi oldidan qo‘yilganini ta’kidladi.

“Shu nuqtai nazardan, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasining yo‘qligi mintaqadagi biron bir davlatning faollik darajasini belgilovchi omil bo‘la olmaydi”, degan Aliyev.

Prezident ishg‘ol paytida ba’zi davlatlar Armanistonning ishg‘oliga nisbatan sukut saqlaganliklarini va Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlamaganliklarini eslatdi.

“Hozir biz arman armiyasini jang maydonida mag‘lub etib, o‘z yurtlarimizdan quvib chiqarganimizdan so‘ng, bu davlatlardan bizning hududiy yaxlitligimizni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi bayonotlarni eshitamiz. Endi bizning hududiy yaxlitligimizni kimdir tan oladimi yoki yo‘qmi muhim emas. Bu gaplar yerlarimiz ishg‘ol ostida bo‘lganida muhim bo‘lardi”, degan Ilhom Aliyev.

Armaniston bilan tinchlik jarayonining borishini izohlar ekan, Aliyev qo‘shimcha qildi:

“Bu vaqt talab etadi va, albatta, tinchlik kelishuvining asosiy sharti Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishdir. Chunki unda Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volar bor va bu amalga oshirilmaguncha tinchlik shartnomasi imzolanmaydi. Biz muzokaralar jarayonida juda tez harakat qilmoqdamiz. O‘ylaymanki, bir necha oy ichida biz tinchlik shartnomasi matnini, hech bo‘lmaganda uning asosiy tamoyillarini yakunlashimiz mumkin. Biz asosiy tamoyillar bo‘yicha kelishib olamiz va ularni boshlaymiz. Biroq Armaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilgandan keyingina asosiy matn ustida ishlash ham davom etadi”, deydi Aliyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
145
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni

08 Jun 02:27
 
156
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

13 Jun 00:39
 
87
0
xs.uz

AQSHda Trampning “Oltin kartasi”ni olishni xohlovchilar uchun veb-sayt ishga tushirildi

AQSH prezidenti Donald Tramp 'Tramp kartalari'ga ariza topshiruvchilar uchun maxsus veb-sayt ishga tushirilganini maʼlum qildi. Bu hujjat ' 5 million dollarga AQSHda yashash uchun ruxsatnoma olish imkoniyatini taqdim etadi.Jurnalistlarning fikricha, TrumpCard.gov sayti doimiy yashash va keyinchalik fuqarolikni olishni xohlovchi potensial murojaat etuvchilar uchun moʻljallangan. Portal foydalanuvchilardan ism-sharifi, yashash hududi va elektron pochta manzilini qoldirishni, shuningdek, jismoniy

15 Jun 10:46
 
94
0
xs.uz

BMT Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Gʻazo sektorida soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda 'RIA Novosti' nashri.Bildirilishicha, ushbu rezolyutsiyani maʼqullab 149 ta davlat ovoz bergan, 12 ta davlat ushbu loyihaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan, 19 ta davlat esa betaraf qolgan. Maʼlumotlarga koʻra, AQSH, Vengriya, Fuji hamda Argentina mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan.Qabul qi