calendar 29 Jun 19:22
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Iordaniya fuqarolarini zudlik bilan Livanni tark etishga chaqirdi  

image

Iordaniya mintaqaviy taranglik sharoitida  fuqarolarini zudlik bilan Livanni tark etishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 28 iyun kuni Iordaniya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “L’orient Today” nashri xabar berdi.

“Mintaqada vaziyat yaxshi emas, urush avj olishi mumkin. Livanda qolgan barcha Iordaniya fuqarolaridan menga shaxsan xabar berishlarini va Livanni imkon qadar tezroq tark etishlarini iltimos qilaman”, deydi Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Husayn al-Safadiy.

Shuningdek, Iordaniya hozirda Livanda istiqomat qilayotgan yoki sayohat qilgan fuqarolarni Bayrutdagi elchixonasi veb-saytidan darhol ro‘yxatdan o‘tishga undadi.
 
Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda Isroil armiyasi va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasida keskinlik kuchayib, Tel-Aviv yaqinda Livanga keng miqyosli hujum operatsiyasi rejalarini ma’qulladi. Shundan so‘ng potensial to‘liq miqyosli urush mintaqadagi xavotirlarni kuchaytirdi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi qarshilik kuchayib borayotgani tufayli Pentagon AQSH harbiy kuchlarini Isroil va Livanga yaqinroq ko‘chirib, o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi. Qirg‘iziston hukumati ham respublika fuqarolariga Livan va Isroilga bormaslikni tavsiya qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
155
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

13 Jun 00:39
 
87
0
xs.uz

Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi y

13 May 14:38
 
144
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'

08 Jun 02:27
 
32
0
xs.uz

Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni