calendar 29 Jun 15:46
eye 92
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy urushni to‘xtatish bo‘yicha reja tayyorlanayotganini ma’lum qildi

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina uchun bu yil urushni tugatish rejasini taqdim etishi muhimligini va bu rejani dunyoning aksariyat qismi qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu haqda u sloveniyalik mavqedoshi Natasha Pirs-Musar bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Hamma narsa ham faqat Ukrainaga bog‘liq emas, agar bizga bog‘liq bo‘lganida urush bo‘lmasdi. Putin urushni xohlagan va hozircha uni tugatishni istamayapti. Dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan urushni yakunlash rejasini ko‘rsatish biz uchun juda muhim. Bu o‘zimiz tanlagan diplomatik yo‘ldir”, degan Zelenskiy.

Shuningdek, u yaqinda Shveysariyada tinchlik sammiti bo‘lib o‘tganini va hozirda rasmiy Kiyev energiya, oziq-ovqat xavfsizligi hamda almashinuv bo‘yicha uchta batafsil reja ustida ish olib borayotganini eslatdi.

“Ishonchim komilki, biz bu muammolarni hal qilamiz. Hech bo‘lmaganda batafsil reja tayyorlaymiz. Yaqin kelajakda u tayyor bo‘ladi. Shuningdek, biz tinchlik formulasining barcha boshqa bandlarini ishlab chiqamiz va keng qamrovli reja tayyorlaymiz”, degan Ukraina Prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar, parvoz qurilmalari, radioelektron kurash vositalari va artilleriya snaryadlari ishlab chiqarish salmog‘i oshib bormoqda.

“Bu harakatlarimiz kimdir urushni istayotgani uchun emas. Biz boshidanoq urushga qarshi bo‘lganmiz. Hozir esa hech kim xohlamayapti. Biz faqat tinchlikni xohlaymiz”, degan Vladimir Zelenskiy.

Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti mamlakatda harbiy ishlab chiqarishni rivojlantirayotganiga urg‘u berib, harbiylarga kuchli bo‘lish zarur ekanligi hamda hamma narsaga tayyor turish kerakligini eslatgan.

“Rossiya faqat kuchli bo‘lganlarni hurmat qiladi. Buning uchun jang maydonida kuchli bo‘lish va aniq reja ishlab chiqish lozim. Rejamiz esa yaqinda tayyor bo‘ladi”, deya so‘zini yakunlagan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukrainaning uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlarini yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Shuningdek, u mamlakatning katta qo‘mondonini ishdan olgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.'Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy

18 Apr 11:08
 
64
0
xs.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O

01 Jun 03:48
 
17
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

31 May 08:50
 
26
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres