calendar 28 Jun 22:42
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeTB Qo‘shtepa kanali qurilishining Markaziy Osiyodagi suv balansiga ta’sirini baholadi

image

Qo‘shtepa kanali qurilishi natijasida yuzaga kelgan mintaqaviy suv balansi masalalari birgalikda hal qilinishi kerak. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov kecha, 27 iyun kuni Olmaotadagi forumda so‘z ochdi.

U Qo‘shtepa kanali qurilishi Markaziy Osiyoning suv balansiga xavf tug‘dirishi mumkinligi, bu muammolarni mintaqa davlatlari hal qilishi zarurligini aytib o‘tdi. Podguzovning aytishicha, YeTB mintaqaning suv balansiga ta’sir ko‘rsatadigan loyihalarga e’tibor qaratmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali daryolardan, xususan, Amudaryodan yiliga 10 kub kilometr suv oladi. 

“Amudaryodagi suvning kamayishi Sirdaryodan qishloq xo‘jaligi va boshqa ehtiyojlar uchun suv olishning oshishiga olib kelishi muqarrar”, degan Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov. 

Qator tahlilchilarning fikricha, bu holatda Markaziy Osiyo surunkali suv tanqisligi pallasiga kiradi. Yevrosiyo taraqqiyot banki Afg‘oniston bank a’zosi emasligini, kanal qurilishi esa davlatning o‘z hududida amalga oshirayotgan loyiha ekanligini ta’kidladi.

“Diplomatik kanallar orqali muloqot qilish masalalarini davlatlar o‘zaro hal qiladi. Lekin biz muammoni birgalikda hal qilishimiz kerak. Ishonamanki, davlatlar birgalikda bir to‘xtamga kelishadi. Bizning taklifimiz — barcha masalalarni birgalikda hal qilishdir”, degan Podguzov. 

Tahlilchilarning fikricha, vaziyatni raqamli suv hisobini rivojlantirish, suvni tejash va bugungi kunda mintaqada mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali hal qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, Qo‘shtepa kanali loyihasi Amudaryoning suv resurslarini boshqarish sohasidagi yirik loyihalardan biri bo‘lib, u hozirda Afg‘oniston shimolida amalga oshirilmoqda. Kanalning birinchi bosqichi ishga tushirilgan, ammo Markaziy Osiyo davlatlari bu loyihadan xavotir bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv resurslarini boshqarish bo‘yicha afg‘on eksperti Najibulla Sadid Qo‘shtepa kanalining ishga tushirilishi Afg‘onistonga har yili o‘rtacha 500 million dollar daromad keltirishini aytgandi.  Shuningdek, Rossiya kompaniyalari kanal qurilishiga aralashmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
120
0
xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke

17 May 21:47
 
66
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili

17 May 21:47
 
72
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

18 Jun 21:56
 
193
0
xs.uz

Isroilning “keng va qabih maqsadlari” bor — Turkiya prezidenti

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Tel-Avivning harakatlarini qoralab, Isroil ' Eron mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.'Juma kunidan beri shaxsan men ham, tashqi ishlar vazirimiz ham Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga barham berish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni faol davom ettirmoqdamiz', ' deydi Erdogʻan.Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish bahonasida amalga oshirgan tajovuzi yanada kengroq va qabih maqsadlarn