calendar 28 Jun 13:44
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Vazir Prezidentni sehrlashga uringanlikda ayblandi

image

Maldiv orollarida Atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va energetika vaziri Fotimat Shamnaz Ali Salim mamlakat Prezidenti Muhammad Muizzuga qarshi qora sehr ishlatmoqchi bo‘lganlikda ayblandi. Bu haqda “Sun Online” xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir va yana ikki kishi mamlakat Prezidentiga qarshi jodugarlik qilgani uchun hibsga olindi. Politsiya Salim xonim va yana ikki kishiga nisbatan tergov boshlanganini tasdiqladi, biroq qora sehrdan foydalanish haqidagi mish-mishlarga izoh bermadi.

“Praditin Time” telekanali aniqlik kiritishicha, vazir 23 iyun kuni hibsga olingan. U bilan birga uning qarindoshlaridan biri va go‘yoki sehrgar hibsga olingan. OAV xabarlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning barchasi Salim xonim yana Prezidentga yaqin bo‘lishi uchun sehr marosimida qatnashgan. 

Aytilishicha, Salim xonim muhim mavqega ega, chunki Maldiv orollari iqlim inqirozi bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Orol davlati atrofidagi suv sathi ko‘tarilmoqda, bu esa asr oxiriga kelib mamlakatni yashash uchun yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri bo‘lgunga qadar u Prezident saroyida ishlagan. Bundan tashqari, uning sobiq eri avval Prezidentning yaqinlaridan biri bo‘lgan va vazir lavozimini egallagan, biroq bir necha oy oldin u ishdan chetlashtirilgan.

“South China Morning Post” nashrining yozishicha, Maldiv orollarida kimnidir “issiq-sovuq qilish” amaliyotlari keng tarqalgan. Marosimlar siyosatda ham qo‘llaniladi. Masalan, 2013 yilda Maldiv muxolifati mahalliy hukumat va politsiyaga qarshi yovuz ruhlar va la’natlangan tovuqdan foydalanganlikda ayblangan.

Mamlakatda sehrdan foydalanish jinoiy javobgarlikka olib kelmaydi, ammo amaldagi shariat qonunlariga ko‘ra, sehrgar yoki jodugar olti oygacha qamoqqa olinishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.  Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq,

19 Aug 07:04
 
11
0
xs.uz

Ukraina Sudjani toʻliq nazoratiga olganini aytmoqda

Ukraina Rossiya hududiga dadil bostirib kirishda davom etar ekan, Moskva chegara mintaqasidan koʻproq aholini evakuatsiya qilmoqda.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat kuchlari Rossiya hududiga bostirib kirishi natijasida Kursk viloyatidagi Rossiyaning strategik ahamiyatga ega Sudja shahrini toʻliq nazoratga olganini aytdi. Shuningdek, u 5 mingga yaqin aholisi boʻlgan shaharda harbiy qoʻmondonlik idorasi tashkil etilayotganini ham maʼlum qildi. Sudjada Ukraina quvurlari orqali Yev

18 Jul 09:56
 
88
0
qalampir.uz

Prezidentning jiyani hibsga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulanni hibsga oldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib, “Kaktus” nashri xabar berdi. 33 yoshli Ulan Japarov katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda, sud uni tergov izolyatoriga jo‘natgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbarining jiyani ismi oshkor etilmagan shaxsga uni Qirg‘iziston Prezidentining mamlakat viloyatlaridan biridagi vakolatli vakili lav

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladiJo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar