calendar 15 Jul 12:02
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

image

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan.

G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq, ushbu hujumlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Bundan tashqari, Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga bir necha havo hujumlari uyushtirilgan. Oqibatda halok bo‘lgan falastinliklar soni 70 dan ortiq ekani aytilmoqda. Isroil kuchlari ayni paytda ham hududga havo, dengiz va quruqlikdan zarba berishda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabridan beri G‘azoda 38 300 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Bundan tashqari, 88,2 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan, buni mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Isroilda qurbonlar soni esa 1200 ga yaqinlashgan. Isroilning sakkiz oydan ortiq davom etgan hujumlari oqibatida blokadadagi G‘azo sektorining keng hududlari vayronalarga aylangan. Isroil blokadasi tufayli mahalliy aholi oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligiga duch keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba bergandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa sektorda HAMASga qarshi shiddatli janglar bosqichi yakunlanayotganini aytgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni sekinlashtirmoqda – OAV 

Rossiya tadbirkorlarining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi banklar orqali to‘lovlarni rad etishlari ulushi iyul oyida 30 foizga oshdi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni RBK xabar berdi.  Qayd etilishicha, to‘lov muddati taxminan 15 foizga ikki haftaga oshgan. Bu muammo Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston banklariga ta’sir qilgan. Ular Rossiya kompaniyalaridan qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qila boshlagan. Gap ta’sischilar, mijozlar, bitiml

21 Jul 11:54
 
72
0
qalampir.uz

Isroil Yamanga hujum boshladi (video)

Bugun, 20 iyul kuni Isroil qo‘shinlari AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda Yamanning Xodeyda port shahridagi yoqilg‘i omborlariga hujum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.  Isroil harbiy samolyotlari Yamanning Xodeyda shahridagi husiylarning pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirgan. “Bu husiylarning Tel-Avivdagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi yaqinida sodir qilgan portlashdan bir kun o‘tib ro‘y berdi”, degan AQSH rasmiylaridan biri.

29 Jul 09:44
 
64
0
qalampir.uz

Xomanaiy Pezeshkiyonga prezidentlik mandatini topshirdi (video)

Eron Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy bugun, 28 iyul kuni turli rasmiylar va arboblar ishtirokidagi marosimda Mas’ud Pezeshkiyonga prezidentlikning rasmiy mandatini topshirdi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi. Tanfiz deb nomlangan marosim chog‘ida Xomanaiy tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni Pezeshkiyonga topshirib, uni rasman qonuniy Prezident deb tan oldi. Xomanaiy idorasi rahbari Muhammad Golpayeganiy Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari tomonidan