calendar 28 Jun 13:04
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden va Tramp o‘rtasida ilk teledebat bo‘lib o‘tdi

image

Kecha, 27 iyun kuni AQSHda prezidentlik saylovlari oldidan ilk teledebat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda CNN xabar berdi. 

Teledebat Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi SNN telekanalida soat 21:00 da boshlangan va debat 90 daqiqa davom etgan. Boshlovchilar sifatida ko‘p yillik tajribaga ega taniqli jurnalistlar Jeyk Tepper va Dana Bash qatnashdi. Kanal efir boshlanishidan oldin “vaqt talablari va madaniyatli muhokamani ta’minlash uchun o‘z ixtiyoridagi barcha vositalardan foydalanishga” va’da berdi. SNN katta muxbiri Daniel Deyl munozara paytida raqiblar gaplarini jonli efirda faktchekingdan o‘tkazdi. Debat boshlanishidan oldin Prezident Jo Bayden raqibi Donald Trampning telebatdagi nutqining samarali o‘tishi uchun giyohvand modda iste’mol qilganini aytdi.

Nomzodlar o‘rtasidagi bahs AQSH iqtisodiyotidagi vaziyatni muhokama qilish bilan boshlandi. Tramp va Bayden inflyatsiya, ish o‘rinlari va soliq siyosati bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Bayden nutqini o‘z prezidentligining iqtisodiy muvaffaqiyati deb hisoblagan omillarni sanab o‘tishdan boshlagan va hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘pligini qo‘shimcha qilgan. Tramp esa Prezidentning bu gaplariga javoban inflyatsiya Qo‘shma Shtatlarni o‘ldirayotganini ta’kidlagan. SNN taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning may oyida mamlakatda iste’mol narxlari 2023 yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan hamda inflyatsiya 9,1 foizga yetgan.

Keyingi masala tashqi siyosat, xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qo‘ygan talablari haqida bo‘ldi. Avvaliga Ukrainadagi urush muhokama qilindi. Moderator Dana Bash ulardan Putin tomonidan ilgari surilgan o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini maqbul deb hisoblaysizmi, deb so‘radi. U o‘z savolini takrorlashga majbur bo‘ldi, chunki siyosatchilarning birinchi javoblari unga unchalik xush kelmadi.

Tramp Baydenni Ukrainadagi urushda ayblab, agar AQSHning rahbari bo‘lganida keng ko‘lamli bosqin hech qachon sodir bo‘lmasligini da’vo qildi.

“Bu hech qachon boshlanmasligi kerak bo‘lgan urush. Urushga 200 milliard dollar, hattoki undan ko‘proq mablag‘ ajratildi. Bu juda ko‘p pul”, degan Tramp.

Moderator tomonidan berilgan Putinning talablarini maqbul deb hisoblaysizmi, degan savolga Tramp: “Yo‘q, ularni qabul qilib bo‘lmaydi”, deya javob bergan.

Prezident Bayden esa Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atadi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Putinga butun Ukraina kerak. Oq uy rahbari Putin bu bilan to‘xtab qolmasligini ham aytgan.

Urushning NATO mamlakatlariga ham tarqalishi mumkinligidan xavotir bildirgan Bayden debatda “Sizningcha, Polsha bilan nima bo‘ladi?” deya ritorik savol bilan yuzlangan.

Keyinchalik siyosatchilar G‘azo sektoridagi vaziyatga o‘tishdi. Jo Baydenning ta’kidlashicha, isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirish va uzoq muddatli qo‘shimcha shartlar bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejasi muhokama qilinmoqda. 

“Urush davom etishini faqat HAMAS istaydi”, degan Amerika rahbari.

Donald Tramp moderator Bashning G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun mustaqil Falastin davlati tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi. 

“Biz bu borada o‘ylab ko‘rishimiz kerak”, deya javob bergan AQSHning sobiq rahbari.

Shundan keyin Tramp Yevropa davlatlari bilan savdo bitimlarini muhokama qilishga o‘tgan. Birinchi munozara rekord darajada erta vaqt ichida bo‘lib o‘tdi – ularda qatnashgan siyosatchilar o‘z partiyalaridan AQSH prezidentligiga hali rasman nomzod ham bo‘lmagan. 90 daqiqa davom etgan teledebatda Bayden birinchi bo‘lib tomoshabinlarga murojaat qildi, Tramp esa efirni tugatdi. 

Ma’lumot uchun, Respublikachilar o‘z nomzodini iyul oyida Miluokida (Viskonsin shtati) o‘tkaziladigan qurultoyda, demokratlar esa avgust oyida Chikagoda (Illinoys shtati) aniqlashtiradi. Ikkinchi teledebat 10 sentyabr kuni ABC telekanali efirida bo‘lib o‘tadi. Saylovlar esa 2024 yilning 5 noyabr kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden va Tramp o‘rtasidagi ilk teledebat noodatiy vaqtga belgilangani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

20 Mar 12:55
 
76
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

20 Mar 12:50
 
59
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi