calendar 27 Jun 19:56
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

KXDR raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazganini e’lon qildi

image

Shimoliy Koreya alohida boshqariladigan kallaklarga ega raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 27 iyun kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya alohida manyovrli kallaklarga ega raketalarni yaratish doirasida muhim sinovni muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Sinov kecha, 26 iyun kuni qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan o‘rta va uzoq masofali ballistik raketaning birinchi bosqichli dvigateli yordamida o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, raketaning jangovar kallaklari muvaffaqiyatli ajratilgan va oldindan belgilangan uchta nishonga aniq mo‘ljallangan.

“Sinovdan maqsad bir nechta jangovar kallaklar yordamida turli nishonlarni yo‘q qilish qobiliyatini ta’minlash edi”, deyiladi xabarda.

Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya raketa uchirilishini BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzish va jiddiy tahdid sifatida qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya o‘zining sharqiy qirg‘oqlari tomon gipertovushli raketa uchirganini, biroq u havoda portlaganini ma’lum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
11
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Rossiyaning yangi “Sarmat“ raketasi yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Rossiya yadroviy arsenalini modernizatsiya qilishning asosiy quroli boʻlgan 'Sarmat' raketasi sinovdan oʻtkazilish jarayonida 'halokatli nosozlik'ga uchragani aytilmoqda. Bu haqda 'Al-Jazeera' xabar berdi. Raketa uchirilgan joyning sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlari ham keltirilgan.21-sentyabr kuni olingan suratlarda Rossiya shimolidagi Plesesk kosmodromidagi uchirish silosida kengligi taxminan 60 metr krater borligi koʻrsatilgan. Ular oy boshida olingan suratlarga qaraganda ancha kattal