calendar 27 Jun 15:17
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Gazprom” O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

image

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida (USRLE) ma’lum qilindi.

Rossiya Savdo missiyasi 2024 yilning may oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Gazpromneft” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi qabul qilinganini eslatdi.

Ma’lumot uchun, Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2023 yilning iyun oyida tuzilgan. Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish oktyabr oyida boshlangan bo‘lib, uning sutkalik hajmi 9 million kub metr, yillik hajmi qariyb 2,8 milliard kub metrni tashkil qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” 2040 yilgacha Qozog‘iston orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz tranziti bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzgani, ushbu shartnomalar unga 12 milliard kub metrgacha gaz eksport qilish imkonini berishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 20:56
 
121
0
qalampir.uz

Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlagan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari

11 Jul 15:12
 
97
0
xs.uz

Endi diplomi yoʻqlar ham oʻqituvchilik qilishi mumkin

Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan:Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilin

20 Jul 16:54
 
59
0
xs.uz

Toshkentda yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahrida yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB hodisa haqida maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 13:33 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Katta Olmos koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:57 da alangani oʻchirishga muvaffaq boʻlgan

15 Jul 12:03
 
119
0
xs.uz

Andijondagi Shahrixonsoyda kichkina qiz jonsiz holatda topildi

Maʼlum qilinishicha, seldan keyin Andijon, Shahrixonsoydan oqib ketgan qiz jonsiz holatda topilgan.Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.Hozirda shaxsi nomaʼlum va IIB vakillari uning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ish olib bormoqda.Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidagi tezkor oʻrganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yoʻqotgan hech bi