calendar 27 Jun 11:46
eye 159
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Urgutda narkotik moddani 9 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida yashovchi fuqarolar – 1983 yilda tug‘ilgan, Uzun mahallasida istiqomat qiluvchi T.X., 1984 yilda tug‘ilgan, G‘oyibota mahallasida yashovchi O.D., 1991 yilda tug‘ilgan, Quyiqishloq mahallasida yashovchi T.M.lar giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

Jinoiy guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda T.H., O.D. va T.M.lar Urgut tumani hududida 1 kg 200 gr “opiy” giyohvandlik vositasini mahalliy fuqaroga 9 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtda tezkor guruh tomonidan qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
46
0
xs.uz

Termizda tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Termiz shahrida Oʻzbekiston ' Hindiston qoʻshma korxonasi 'NOVA PHARM' bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singx mehmon boʻlib turibdi.Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning mehmonlar bilan uchrashuvida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Mehmonlar viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasteri

31 May 08:49
 
0
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
0
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n

31 May 08:49
 
0
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda