calendar 25 Jun 21:12
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kanada Sharqiy Turkistonda inson huquqlari poymol etilishidan xavotir bildirdi

image

Kanadaning Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Jennifer Mey Sharqiy Turkistonga rasmiy tashrif bilan borib, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni raisi Erkin Tuniyazga mintaqada inson huquqlarining poymol etilishidan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

“Elchi Mey Shinjonda uyg‘urlar va boshqa musulmon etnik ozchiliklarga ta’sir ko‘rsatayotgan inson huquqlarining muntazam ravishda buzilishi, jumladan, BMT ekspertlari tomonidan ko‘tarilgan ishonchli xabarlar yuzasidan xavotir bildirdi. Bu Kanadaning inson huquqlari bilan bog‘liq xavotirlarini bevosita Shinjon rahbariyatiga yetkazish uchun imkoniyat bo‘ldi”, deyiladi Kanada TIV bayonotida.

Xitoyning Ottavadagi elchixonasi esa hozircha rasmiy javob qaytarmagan. Nashrga ko‘ra, Jennifer Meyning 19-22 iyun kunlari Shinjon-Uyg‘urga tashrifi Kanada elchisining so‘nggi o‘n yildagi birinchi rasmiy tashrifidir. Qayd etilishicha, Kanada, xuddi AQSH singari, Shinjonda inson huquqlari poymol qilingani uchun jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritgan.

Ma’lumot uchun, elchi Mey Kanada Xitoyni saylovlarga aralashish borasida ogohlantirish berganidan bir necha hafta o‘tib bu mintaqaga tashrif buyurdi. Joriy yilning aprel oyida Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo rasmiy Pekin mamlakatda oxirgi ikki milliy ovoz berish jarayoniga aralashishga uringanini bildirgan, Xitoy esa bu ayblovni rad etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича