calendar 25 Jun 18:53
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

XJS Shoygu va Gerasimovni hibsga olishga order berdi

image

Xalqaro jinoiy sudning (XJS) dastlabki tergov palatasi Rossiya sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi. Bu haqda instansiya saytida xabar berildi.

“2024 yil 24 iyun kuni Xalqaro jinoiy sudning ikkinchi sudgacha bo‘lgan palatasi Ukrainadagi vaziyatdan kelib chiqib, 2022 yil 10 oktyabrdan kamida 2023 yil 9 martgacha bo‘lgan davrida sodir etilgan xalqaro jinoyatlarda ayblanib, ikki shaxsni – Sergey Kujugetovich Shoygu va Valeriy Vasilevich Gerasimovni hibsga olish uchun order berdi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, XJS o‘tgan yili Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarni noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda ayblab, hibsga olish uchun order bergan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 10:05
 
72
0
xs.uz

U mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident boʻlib qoladi – Donald Tramp Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirdi

AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning 2024-yilgi prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi qaroriga oʻz munosabatini bildiridi. Tramp Baydenni qattiq tanqid qilib, 'Bayden mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident sifatida qoladi' deb yozdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri CNNʻga tayanib xabar berdi.Tramp oʻzining 'Truth Social' sahifasida ham oʻz qarashlarini davom ettirib, Baydenni prezidentlikka nomzod boʻlishga ham yaramasligini bildirgan. Uning fikricha, demokratlar v

29 Jul 12:31
 
48
0
qalampir.uz

AQSH Germaniyaga qurollarini joylashtirsa, Rossiya javob choralarini ko‘radi – Putin 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH tomonidan 2026 yildan boshlab Germaniyada uzoq masofaga uchuvchi raketalarni joylashtirishni e’lon qilinishini Sovuq urush davridagi raketa inqirozining dastlabki sharti sifatida baholadi.  Uning ogohlantirishicha, agar Vashington Germaniyada uzoq masofali raketalarni joylashtirsa, Rossiya xuddi shunday raketalarni G‘arbga zarba berishga imkon beradigan masofaga joylashtiradi. 10 iyul kuni Qo‘shma Shtatlar Germaniyada 2026 yildan boshlab uz

11 Jul 15:12
 
43
0
xs.uz

Baydenning vaʼdasi, Rossiya—Xitoy mashgʻuloti va Gʻazoga hujum (+video)

Ukrainaga havo qurollari kerakAQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina

26 Jul 17:24
 
65
0
qalampir.uz

Harris Netanyaxuga HAMAS bilan tezda kelishuvga erishish zarurligini aytdi

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga HAMAS bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni imkon qadar tezroq tuzish zarurligini aytdi. Bo‘lajak saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilishi Amerika yetakchisi Jo Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Harris bu haqda Oq uyda Netanyaxu bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi. "Men hozirgina Bosh vazir Netanyaxu bilan ochiq va konstruktiv suhbatlas