calendar 11 Jul 15:12
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Baydenning vaʼdasi, Rossiya—Xitoy mashgʻuloti va Gʻazoga hujum (+video)

image
Ukrainaga havo qurollari kerak

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.

Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar Kiyevga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina Qurolli kuchlariga yuzlab tutuvchi raketalarni topshirishga vaʼda berdi.

'Ittifoqchilar koalitsiyasi Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishga kelishib oldi', deyiladi Oq uy bayonotida.

'Urush Ukraina erkin va mustaqil davlat boʻlib qolishi bilan tugaydi. Rossiya gʻalaba qozonmaydi. Ukraina gʻalabaga erishadi', degan Jo Bayden.

Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermakning 'Politico' nashriga aytishicha, sammitdagi Ukraina delegatsiyasi Rossiya hududiga zarbalar berish uchun AQSH qurollaridan foydalanishga qoʻyilgan barcha cheklovlarni olib tashlashga erishmoqchi. Hozirda Kiyev uzoq masofali raketalardan Qrimga zarba berish uchun foydalanmoqda.

'The Wall Street Journal' nashri xabariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukrainaga Rossiya hududiga hujumlar uchun bir qancha turdagi raketa tizimlari va artilleriyadan foydalanishga ruxsat berdi.

Isroilning Gʻazo lageriga hujumi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

Isroil havo kuchlarining Gʻazo janubidagi maktab yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan.

Xabarlarga koʻra, Xon Yunisning sharqiy qishloqlaridan koʻchirilgan odamlar yashaydigan Al-Avda maktabi hududiga zarba yoʻllangan.

Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, hujum keng koʻlamli vayronagarchilik, ayollar va bolalarning oʻlimiga olib kelgan. Oʻsha paytda bozor va turar-joy binolari joylashgan hududga 3 mingga yaqin odam toʻplangan.

Isroil harbiylari dastlabki uchta zarbani HAMAS siyosatchilari, politsiya jangchilari baza sifatida foydalangani uchun amalga oshirganini aytdi.

Xitoy va Rossiya qoʻshma mashgʻulot boshladi

Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz kuchlari shu hafta Osiyo hududida qoʻshma dengiz mashgʻulotlari oʻtkazib, NATOga qarshi birlashgan kuchlarini koʻrsatmoqda. Bu harakat NATO yetakchilarining Rossiyaning davom etayotgan harbiy harakatlari fonida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Vashingtondagi yigʻilish bilan bir davrga toʻgʻri keldi.

TASS xabariga koʻra, Rossiyaning 'Rezkiy' va 'Gromkiy' nomli ikki harbiy kemasi Vladivostokdan Osiyo'Tinch okeani mintaqasidagi mashgʻulotlarda qatnashish uchun joʻnatilgan. Bu kemalar suv osti kemalariga qarshi, havo hujumidan mudofaa va sabotajga qarshi mashgʻulotlar oʻtkazadi.

Yaponiya mudofaa vazirligi ushbu kemalarning Susima boʻgʻozidan oʻtib, Yapon dengizidan Sharqiy Xitoy dengizi tomon harakatlanayotganini aniqladi. Rossiyaning yana bir 'Kareliya' aygʻoqchi kemasi, ham Sharqiy Xitoy dengiziga ketayotgani radarlarga tushib qolgan. Ammo uning mashgʻulotlarda ishtiroki nomaʼlum.

Bu harakatlar AQSH prezidenti Jo Bayden NATO yetakchilarini, jumladan, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yolni qabul qilgan paytga toʻgʻri keldi. Sammit NATOning Yevropadagi qarorini Osiyodagi muammolar, xususan, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, NATOning yangi kotibi boshchiligidagi tashkilot Yevropaga hech qanday naf keltirmaydi. Chunki Mark Ryutte Vashington bosimi bilan tanlangan.

Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari bor

Rossiyaning harakatlari sovuq urushning yangilanishiga olib keldi. Ushbu fikrlarni Polsha prezidenti Anjey Duda 'Politico' nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaziyatda AQSH emas, balki Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari aybdor.

Polsha rahbari Vashingtondagi NATO sammitini sharhlar ekan, alyansning kuchi va birligini koʻrsatish zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, Duda Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi gʻalabasi oqibatlarini bashorat qilgan edi. Uning fikricha, bu holda Moskva boshqa mamlakatlarga 'hujum qilishi' mumkin, ular orasida, uning fikricha, Polsha ham boʻlishi mumkin.

Oʻz navbatida, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtondagi sammitdagi nutqida Rossiyaning Ukrainadagi gʻalabasi alyans uchun eng katta xavf, deb atadi va buning oldini olishga chaqirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 16:59
 
22
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

10 Oct 17:10
 
25
0
xs.uz

AQSH va Fransiya kelishuv yoʻlini qidirmoqda – Livan

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni Isroilning Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 'Hizbulloh' guruhiga qarshi yirik hujumini amalga oshirayotgan va janubdagi Livan tinch aholisini uylariga qaytmaslik haqida ogohlantirayotgan bir paytda Isroilning hujumi Livan janubida besh nafar favqulodda xizmat xodimini oʻldirgan.Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, AQSH va Fransiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini tiklash maqsadida aloqalar olib borilmoqd

26 Aug 12:29
 
42
0
xs.uz

Telegram Durov hibsga olinganidan keyin ilk rasmiy bayonotni eʼlon qildi

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asoschisi va bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta rasmiy bayonotini eʼlon qildi.'Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan', deyiladi bayonotda.

10 Oct 17:44
 
24
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1