calendar 23 Jun 19:21
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Urganch xalqaro aeroporti faoliyatini to‘xtatadi

image

Joriy yilning 20 iyul Toshkent vaqti bilan soat 00:01 dan 7 avgust soat 23:59 gacha Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nish va uchish xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu davr oralig‘ida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Jumladan, uzunligi 3000 metr va eni 16 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari ham kapital ta’mirlanadi.

Kapital ta’mirdan so‘ng Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

Bildirilishicha, Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta bundan 27 yil oldin, ya’ni 1997 yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018 yilda amalga oshirilgan.

“Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi. Parvozlar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun aviakompaniyalarga murojaat qilish tavsiya etiladi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilingani haqida xabar berilgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 15:34
 
91
0
qalampir.uz

Suv xo‘jaligi vaziri Afg‘onistonga bordi

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Afg‘onistonga bordi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi. Keltirilishicha, vazir Hamroyev Hayraton shahrida “Tolibon” muvaqqat hukumatidagi qishloq xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Ataulloh Umariy bilan uchrashgan. Ular Amudaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilgan. Uchrashuvda suv toshqinlari paytida ekinlar va qirg‘oqdagi turar-joylar vayron bo‘lishi, shu sababdan tuproq er

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

27 Jul 16:24
 
67
0
xs.uz

Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. 'VAZ-2106' avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi 'Cobalt' avtomobiliga yo

11 Aug 03:43
 
22
0
xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollar