calendar 23 Jun 16:37
eye 148
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moskvada ikki o‘zbekistonlik bir ayolni zo‘rladi

image

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi Moskva shimoli-g‘arbida ayolni zo‘rlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda boshqarmaga tayanib TASS xabar berdi. 

“Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyunga o‘tar kechasi Moskvadagi Stratonavtov ko‘chasidagi uylardan birining yonida ikki erkak zo‘ravonlik qo‘llagan holda, avval noma’lum bo‘lgan ayolga hujum qilgan va uni zo‘rlagan.  

Picture background

“Hozirda ikki nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, deyiladi poytaxt Tergov boshqarmasi xabarida.  

Surishtiruv jarayonida sudlanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgan va ko‘rsatuvlarni joyida tekshirish chog‘ida o‘z ko‘rsatmalarini tasdiqlagan. 

Jinoyat ishi yuzasidan sud-tibbiy va sud-psixiatriya ekspertizalari tayinlangan. Jinoiy tergov doirasida sudlanuvchilarning amaldagi migratsiya qonunchiligiga muvofiqligi tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Moskva shahridagi plyajlarning birida o‘zbekistonlik erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingandi. Voqea joriy yilning 16 iyun kuni Zaozernoy ko‘chasidagi “Beloye ozero” plyajida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, 14 yoshli qiz 15 yoshli dugonasi bilan suvda cho‘milayotgan paytda ulardan biri suvda kimdir oyoqlariga qo‘l tekkizayotganini sezgan.  

Mazkur holatdan xabar topgan qizning onasi plyaj qutqaruvchisiga murojaat qilib, politsiyani chaqirishni so‘ragan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
79
0
xs.uz

Navoiy viloyati: tarixiy evrilishlar ostonasida

Navoiy viloyati va shoir nomini olgan shaharni koʻpincha vohaga konchilik sanoatining kirib kelishi bilan bogʻlashadi. Biroq oʻlkaning qadim tarixi ' Uchtutdagi yer osti Chaqmoqtosh koni, Sarmish va Sentobsoydagi qoyatoshga oʻyilgan suratlar, Karmana, Nurota va Xatirchidagi osoriatiqalar ushbu voha hududida yashagan ajdodlarimiz oʻz turmush tarzi, eʼtiqodi, madaniyat va maʼnaviyati bilan kishilik jamiyati tamal toshining qoʻyilishiga ham munosib hissa qoʻshganligidan dalolat beradi.Mozi

08 Jun 02:26
 
148
0
xs.uz

Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu

04 Jun 02:44
 
37
0
xs.uz

O‘quvchilarimiz 19 ta medal bilan peshqadam

Umumiy hisobda 69 nafar (12'ta oltin,'24'ta'kumush,'33 ta'bronza) ishtirokchi'o'quvchilar'turli darajalardagi'medallar'bilan taqdirlandi.O'zbekistonlik'o'quvchilar 19'ta (6'ta'oltin,'8'ta'kumush,'5'ta bronza)'medal bilan'xalqaro olimpiadaning'yakka'peshqadamiga aylandi.

31 May 08:49
 
42
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga