calendar 23 Jun 16:37
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Endi “svet” va gaz narxi har uch yilda o‘zgaradi

image

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun narxlar 2026 yildan boshlab, uch yildan kam bo‘lmagan muddatga amal qiladi. 

Aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash elektr energiyasi va tabiiy gazning bazaviy normasini qo‘llash hamda ular uchun tariflar oshganda kompensatsiyalar berish yo‘li bilan ta’minlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2024 yilning 15 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 337-sonli qarori bilan 2035 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlarida belgilangan. Qonun 2025 yil 1 aprelda kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 1 may kunidan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgardi. Elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirildi. Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun 1 oydagi iste’moldan kelib chiqib quyidagicha belgilandi:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;
  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 1 350 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilangan.

Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 900 so‘mligicha qolgan.

Shuningdek, tabiiy gaz yetkazib berishda iste’molchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qoldi.

Yirik ulgurji iste’molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mligicha saqlandi.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometr narxi quyidagicha belgilandi:

  • 500 kub metrgacha iste’mol uchun 380 so‘mdan 650 so‘mgacha;
  • 500 dan 2500 kub metrgacha 1500 so‘mdan;
  • 2 500 dan 5 ming kub metrgacha 1950 so‘mdan;
  • 5 mingdan 10 ming kub metrgacha 2275 so‘mdan;
  • 10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun 2 600 so‘m.

Mart-oktyabr oylarida gaz iste’moli uchun tariflar quyidagicha belgilandi:

  • 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
  • 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
  • 2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
  • 5 ming kub metrdan 10 ming kub metrgacha – 2275 so‘m;
  • 10 ming kub metrdan va undan yuqori iste’mol uchun – 2600 so‘mdan bo‘ldi.

Shuningdek, aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 so‘mdan 1600 so‘mga oshdi. 1 iyuldan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 18:46
 
58
0
xs.uz

Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Maʼlum boʻlishicha, elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilib kelmoqda, ammo soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻq. Bu esa energetika obyektlaridagi taʼmirlash ishlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.Shunga koʻra, Energetika vazirligi huzuridagi 'Oʻzenergoinspeksiya', 'Issiqlik elektr stansiyalari', 'Oʻzbekgidroyenergo', 'Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqla

11 Aug 03:43
 
28
0
xs.uz

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos boʻladi

Prezident tomonidan 'Probatsiya toʻgʻrisida'gi qonun imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qonunga koʻra, probatsiya ' muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon be

12 Jul 10:17
 
146
0
qalampir.uz

200 kVt mashmashasi. “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbariyati savollarga javob berdi

“200 kvtlik ijtimoiy norma kamlik qilyapti”, “Yoz fasli bo‘lishiga qaramasdan uyimizda tez-tez “svet” o‘chyapti”, “Elektrhisoblagichlar ortiqcha pul yozdi” … bu e’tirozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga qaratilgan. Bir necha oydirki aholi energetika narxlari oshirilishi va sifatsiz tizimdan noroziligini bildirmoqda. Xo‘sh, 200 kVtlik ijtimoiy norma 1

18 Jul 21:59
 
74
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 19-iyul kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun