calendar 23 Jun 16:36
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Italiyalik afsonaviy futbolchining uyiga o‘g‘ri tushdi

image

Italiyalik afsonaviy sobiq futbolchi Roberto Badjo qurolli o‘g‘rilikka uchradi. Bu haqda “Corriere dello Veneto” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Badjoning uyiga besh nafar qurolli kishi bostirib kirib, butun oilani garovga olgan. Sobiq futbolchi qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganida, o‘g‘rilardan biri uning boshiga to‘pponchaning orqa qismi bilan urib, futbolchiga chuqur jarohat yetkazgan.

Shundan so‘ng, o‘g‘rilar Badjo va uning oilasini xonalardan biriga qamab qo‘ygan va uyni tintuv qilgan. Badjo eshikni sindirganda o‘g‘rilar uydan chiqib ketib bo‘lgan. Ular zargarlik buyumlari, soatlar, pullar va boshqa shaxsiy buyumlarni o‘g‘irlagan.

Badjo politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi, biroq hozirgacha huquq-tartibot idoralari o‘g‘rilarni topa olmadi. Italiya terma jamoasi va A Cyeriya afsonasi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va unga darhol barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

57 yoshli Badjo faoliyati davomida “Milan”, “Inter”, “Yuventus”, “Fiorentina”, “Vichensa”, “Bolonya” va “Breshiya” klublarida to‘p surgan. 1993 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
19
0
xs.uz

FIFA reytingi yangilandi. Oʻzbekiston milliy jamoasi nechanchi oʻrinda?

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi sentyabr oyi uchun milliy jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berilgan.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻtgan oydagi oʻrnidan 1 pogʻona yuqorilab, 60-oʻrindan joy oldi.Terma jamoamiz hisobida 1413,06 ochko bor va Osiyoning umumiy reytingdagi 8-jamoasi boʻlib turibdi. Osiyo davlatlari orasida Yaponiya 16-oʻrin, Eron 19-oʻrin va Janubiy Koreya 23-oʻrinni qayd etib kuchli uchlikni tashkil

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi

20 Sep 00:23
 
21
0
xs.uz

44 yoshli oʻzbekistonlik bokschi Polshada markaziy jangda ringga chiqadi

Oʻzbekistonlik sportchi Sherzod Husanov Polshaga joʻnab ketdi. U markaziy jangda mezbon Pavel Stepinringga qarshi chiqadi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar beradi.Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 20-sentyabr kuni Polshaning Xoynitse shahrida professional boks turniri oʻtkaziladi. 'Babilon Promotion' promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz ringga koʻtariladi.Qayd etish kerakki, 34 yos

09 Oct 12:40
 
7
0
xs.uz

Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol aka