calendar 09 Oct 12:40
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.

Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol akademiyalariga iqtidorli futbolchilarni saralab olish borasida izchil saʼy'harakatlar olib borilmoqda.



Ezgu tashabbuslar doirasida mashhur futbolchi Odil Ahmedov yurtimiz boʻylab futbol maktablarini tashkil etgan. Shu kunlarda Fargʻona shahrida 'Odil Ahmedov futbol akademiyasi'ning 'Odil Junior' Fargʻona filiali tantanali ravishda oʻz faoliyatini boshladi.

' Futbol akademiyasiga 4'12 yoshli bolalar tanlov asosida saralab olinadi hamda mashgʻulotlar taʼlim muassasamizning zamonapviy futbol bazasida olib boriladi,'deydi Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov.'Bugungi kunda akademiyaga qabul qilingan 50 nafardan ziyod kelajagimiz vorislari mahorat saboqlariga kirishgan. Mashgʻulotlarga eng iqtidorli futbol mutaxassislari jalb etilgan.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:36
 
38
0
xs.uz

Zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi

Urugvaylik hujumchi Luis Suares 37 yoshida terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.Qayd etish kerakki, Luis terma jamoa libosidagi 142 ta oʻyinda 69 ta gol urgan. Shu tariqa Urugvayning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan Suares juma kuni Paragvayga qarshi soʻnggi xalqaro oʻyinini oʻtkazadi.Uchrashuv Montevideodagi 'Sentenario' stadionida boʻlib oʻtadi. Ushbu uchrashuv zamonamizning eng yaxs

20 Sep 00:23
 
46
0
xs.uz

Matonatli sportchilarga davlat mukofotlari topshirildi — Fotoreportaj

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.Tadbirda Milliy Paralimpiya qo'mitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Parij shahrida bo'lib o'tgan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va mura

03 Sep 21:36
 
52
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova bronza medalini qoʻlga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida yadro uloqtirish boʻyicha final bahslari yakunlandi.Qayd etilishicha, ushbu dasturda qatnashgan oʻzbekistonlik Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor boʻldi. Taʼkidlash lozimki, sportchi ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkichini qayd et

08 Sep 16:45
 
83
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova – Paralimpiya oʻyinlari chempioni

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bahslarini ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Para yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshimiz musobaqada 21.12 metr natija qayd etib, yangi jahon rekordini ham oʻrnatishga erishdi. Ofarin, Nurxon!Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.Foto: Husniddin Ato