calendar 23 Jun 16:36
eye 96
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qodirovning o‘g‘illari Checheniston amaldorlarining farzandlariga yashirincha uylangan – OAV

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikki o‘g‘li Eli va Adam mamlakatdagi nufuzli amaldorlarning qizlariga uylangan. Bu haqda “Novaya Gazeta Europe” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Yozilishicha, Qodirovning ikki voyaga yetmagan o‘g‘li – 17 yoshli Eli va 16 yoshli Adam otasining yaqin safdoshlari hisoblanadigan Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonovning nabirasi va senator Sulaymon Geremeyevning qizi bilan yashirincha oila qurgan.

Eng qizig‘i, kelinlardan biri 14 yoshda va u Delimxonovning nabirasi. Manba deputat nabirasining ommaviy videolari tahlili va unga yaqin bo‘lgan insonlar bilan suhbatlashgandan so‘ng shunday xulosaga kelgan. Biroq jurnalistlar ikkinchi kelinning yoshini aniqlay olmagan. Shuningdek, Chechenistonda joriy yilning 8 iyun kuni to‘ylari nishonlangan to‘rt nafar yangi turmush qurganlarning kamida uchtasi voyaga yetmaganlardir.

To‘y haqidagi ma’lumotlar baxtsiz hodisa tufayli ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, to‘y korteji tufayli Kavkaz federal magistrali to‘sib qo‘yildi. Konvoydagi birinchi avtomobil – zirhli Rolls-Royce tasodifan o‘ziga qarab kelayotgan yo‘lovchi mashinani urib yuborgan. Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan, kortej esa to‘xtamasdan harakatni davom ettirgan.

“Nufuzli yoki mutlaqo sodiq chechen oilalari bilan nikoh ittifoqi Qodirov uchun uning o‘zi hokimiyatdan yoki bu dunyodan ketganidan keyin bolalarining xavfsizligi uchun kafolat vazifasini o‘taydi”, deb yozadi nashr Qodirovning kasalligi haqidagi turli xabarlarga ishora qilib.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Adamni Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

04 Apr 16:20
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin

12 Apr 21:15
 
69
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.