calendar 20 Jun 21:42
eye 109
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Toshkent va Farg‘onada fermerlar pora bilan ushlandi

image

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Toshkent va Farg‘ona viloyatida fermer xo‘jaligi rahbarlari pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorga Sardoba tumani hududidan 6 gektar yer maydoni olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari hamda viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan va Sayxunobod tumani hududida joylashgan 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya ko‘rinishida qurilish qilishi uchun ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari, jami 25 ming AQSH dollari talab qiladi. Tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi rahbari xo‘jalikning 3,37 gektar yerini hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan qo‘shimcha yer maydoni – jami 7 gektar yer maydonini sirdaryolik xaridorga 2 mln AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Bundan tashqari, Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs o‘g‘lining nomida bo‘lgan MCHJga investitsiya kiritish sharti bilan issiqxona qurish uchun tuman hududidan ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, 50 ta kottej qurmoqchi bo‘lgan xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga 500 ming AQSH dollari, shuningdek, turmush o‘rtog‘ining nomidagi MCHJga qarashli Yangiyo‘l shahrida joylashgan bino va uning 486 metr kv yer maydonini ham xaridorga sotish va u yerda 12 qavatli uy qurishi uchun mas’ul idoralardan ruxsat olib berish evaziga 440 ming AQSH dollari, jami 940 ming AQSH dollari talab qilgan. Ammo u so‘ralgan pul mablag‘idan 400 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu bilan birga, viloyatning Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, unga “Xalq banki”ning viloyat filiali balansida turgan va “Ye-Auksion” portali orqali savdoga chiqarilgan – Quyi Chirchiq tumanidagi 13,05 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali olib berish evaziga 260 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 130 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari esa tuman hokimining 2015 yildagi qarori bilan paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishida foydalanish uchun ajratib berilgan yer maydonining 5,5 gektar qismini xaridorga 150 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelgusida yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qiladi. U so‘ralgan jami 190 ming AQSH dollaridan 120 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
179
0
xs.uz

Oʻzbekiston TIV vakillari Isroil va Eron elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil hamda Eron davlatlarining elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat elchilari bilan mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashilgan.Suhbat davomida Eron elchisi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logisti

01 Jun 03:47
 
127
0
xs.uz

Yangi O‘zbekiston — baxtiyor bolalar mamlakati

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratilib, ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun ' Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo'lgan Yangi O'zbekistonda o'zgacha ruh va ko'tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo'shib kelmoqda.Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respubl

17 May 21:46
 
52
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

13 May 14:37
 
146
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga