calendar 20 Jun 13:46
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Alisher Qodirov otalarning oiladagi obro‘sidan xavotirda

image

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan “ish haqi saqlanadigan 3 yillik onalik ta’tili” loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda partiya rahbari Alisher Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qodirov o‘z murojaatida dastlab erkaklar nafaqat oilada, balki butun jamiyatda obro‘sizlantirilayotgani va bu keyinchalik jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Deputat o‘z fikrini quyidagicha izohladi:

“Bog‘cha va maktabni erkak tarbiyachi va o‘qituvchilar tashlab ketganiga ancha bo‘ldi. So‘nggi yillarda erkaklar oiladan ham siqib chiqarilayotgandek… Turli millatlarda qadriyatlar turlicha bo‘ladi, bizniki ham o‘zimizga xos. Ming yillar davomida shakllangan qadriyatlarimizda erkak va ayol munosabatlaridagi muvozanatni ayol farovonligining asosiy dushmani deb ko‘rsatayotganlar, allaqachon oila va otalikni yanchib tashlab bo‘lgan madaniyatlarning targ‘ibotchilariga tashlab qo‘ymayapmizmi?“

Shuningdek, Alisher Qodirov  ahmoqlar hamma millatda topilishi, ayrim zo‘ravon va tarbiyasizni misol qilib ko‘rsatish orqali o‘zbek erkaklarining hammasi ayolini xor qiladi degan qarashlarni yoshlar ongiga singdirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin degan savolni o‘rtaga tashladi.

Partiya rahbari murojaatining ikkinchi va asosiy qismida u va uning jamoasi tomonidan mehnat qonunchiligida jiddiy o‘zgarishga olib keluvchi loyiha amalga oshirilayotgani haqida so‘z ochdi.

“Biz saylov dasturimizda farzand ko‘rgan ayollarga tarbiya treninglarida ishtirok etish sharti bilan 3 yilgacha haq to‘lanadigan onalik ta’tili berish taklifi ustida ishlayapmiz”, dedi deputat.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida onalik ta’tili bo‘yicha belgilangan tartib Qodirov ilgari surayotgan taklifdan mutlaqo farq qiladi.

Xususan, Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

405-moddaga binoan esa, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, bu davr uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi. Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
34
0
xs.uz

Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

04 Jun 02:44
 
33
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan