calendar 19 Jun 17:46
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nukusda inspektor aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib, xotiniga hadya qildi

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida profilaktika inspektori o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilgani aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, profilaktika inspektori A.M. o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi O.Y.ning yaqin qarindoshlari yo‘qligi va aqli norasoligidan foydalangan. Gap shundaki, A.M keksa fuqaroning mulklarini qo‘lga kiritish maqsadida, go‘yoki Y.O. jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini buzib yurgani to‘g‘risida 1-son ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi rahbariga bildirishnoma yozib, majburan shifoxonaga joylashtirib, uni uyidan chiqarib yuborishga va ozodligini cheklashga erishgan.

So‘ngra, u O.Y.ga qarashli turar joyga egalik huquqini tasdiqlovchi orderni soxtalashtirish orqali kadastr idorasi xodimi Ch.S. ko‘magida qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlab, turar joyni o‘zining nomiga rasmiylashtirgan.

Profilaktika inspektori jinoyatlarini yashirish maqsadida turar joyni turmush o‘rtog‘i O.D.ga hadya shartnomasi orqali qayta rasmiylashtirib, Y.O.ning juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. 

Shuningdek, inspektor jabrlanuvchining ojizligidan foydalangan holda qo‘lga kiritgan bank plastik kartasidagi pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, u O.Y.ning bankdagi omonat hisob-raqamida saqlanayotgan juda ko‘p miqdordagi pullarini bank xodimlarini go‘yoki egasiga berish uchun olayotganiga ishontirib, qo‘lga kiritgan. A.M. yuqoridagi jinoiy harakatlari natijasida qo‘lga kiritgan Y.O.ning juda ko‘p miqdordagi omonat pullariga opasining nomiga Lacetti rusumli avtomashina xarid qilib, jinoiy daromadlarini legallashtirgan.

Tergov natijasiga ko‘ra, profilaktika inspektori A.M.ga Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 3-qismi, 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi, 243-moddalari (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) hamda kadastr idorasi xodimi Ch.S.ga Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 3-qismi va 28, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Biroq Nukus shahar sudi sudyasi joriy yil 6 iyundagi hukmiga asosan tergov organi tomonidan A.M.ga Jinoyat kodeksining 169, 228, 243-moddalari bilan qo‘yilgan ayblovlarni asossiz ravishda olib tashlab, Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topib, 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda, 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan.

Xuddi shunday, kadastr idorasi xodimi Ch.S.ning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi va 28,169-moddasi 4-qismi “a” bandi olib tashlanib, Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan.

Bundan tashqari, sud hukmi bilan tergovda jabrlanuvchi O.Y.ning soxta hujjatlar asosida begonalashtirilgan turar joyi talon-toroj etilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash maqsadida undirilgan 180 million 50,7 ming so‘m pullarni sudlanuvchiga qaytarib berish belgilangan.

“Prokuratura organlari tomonidan apellyatsiya muddatida ish hujjatlari o‘rganilib, mazkur sud hukmi ro‘yi-rost asossiz, adolatsiz va noqonuniy deb topilib, sud qarorini bekor qilish haqida protest keltirildi. Ish apellyatsiya instansiyada ko‘rilishida, malakali prokuror ishtiroki ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
20
0
xs.uz

Forum doirasida uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari muhokama qilindi

Uning doirasida 'Uzoq umr ko'rish tibbiyotining tendensiyalari' mavzusida majlis o'tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova ham ishtirok etdi.Senator o'z maʼruzasida O'zbekistonda aholi sog'lig'ini saqlash, onalar va bolalar salomatligi muhofazasiga qaratilayotgan eʼtibor, ko'rilayotgan chora-tadbirlarga to'xtalib o'tdi.Shuningdek, O'zbekistonda bolalar va xotin-qizlarning huquqlari, erkinlik

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta

20 Sep 00:21
 
31
0
xs.uz

Bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston qanday ovoz berdi?

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda 'UN News' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, BMTga aʼzo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini bir yil (12 oy) ichida okkupatsiya qilishini toʻxtatishini talab qilgan. Agar qaror Isroil tomonidan bajarilmasa, aʼzo davlatlar Tel-Avivga sanksiyalar kiritish talabini oʻz ichiga olgan rezolyutsiyaga imzo chekishg

08 Sep 16:44
 
38
0
xs.uz

Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi

Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutu