calendar 15 Jun 11:37
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev bilan uchrashgan Tay To‘qayevning yoniga bordi

image

Kuni kecha O‘zbekistonda mehmon bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tay Toshkentga tashrifini yakunlab, Qozog‘istonga yo‘l oldi. U kecha, 14 iyun kuni Ostonada Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhokama qilingan. 

To‘qayev Tayning tashrifi Qozog‘iston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun, ayniqsa, muhim ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘ttiz yillikda mamlakatlar savdo, sarmoya, xavfsizlik, inson huquqlari va demokratiya kabi ko‘plab sohalarda strategik sheriklikni mustahkamlagan. 

Qozog‘iston Prezidenti, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarni Qozog‘iston iqtisodiyotining eng yirik sarmoyadorlaridan biri deb atagan. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning umumiy hajmi 65 milliard dollardan oshgan.

“O‘tgan yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 30 foizga o‘sishni ko‘rsatib, rekord darajadagi 4,1 milliard dollarga yetdi. Hozirda Qozog‘istonda 600 dan ortiq Amerika kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda”, deydi To‘qayev. 

Davlat rahbari investitsion jozibadorlikni oshirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va sanoatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishini urg‘ulagan.

AQSH Savdo vakili To‘qayevga savdo aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha yangi yondashuvlarni shaxsan muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu savdo va investitsiyalar bo‘yicha doiraviy bitimni amalga oshirishga ham tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Tay joriy yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
38
0
qalampir.uz

Rossiya AQSHning uzoq masofali raketalarini Yevropaga joylashtirishiga javob qaytaradi – Peskov

AQSHning Yevropada uzoq masofali raketalarni joylashtirishiga Rossiya munosib javob qaytaradi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali raketalarini joylashtirishga javob berish uchun Rossiya yetarli imkoniyatlarga ega, ammo bu holatda potensial qurbonlar Yevropa mamlakatlari bo‘ladi. Germaniya kansleri Olaf Shols esa 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urush

15 Jul 12:02
 
49
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

18 Jul 15:22
 
65
0
qalampir.uz

Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN 

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini a

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.  Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq,