calendar 18 Jul 15:22
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN 

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini aytgan.

Biroq CNN xabarida Pelosi Baydendan saylovoldi poygasidan chiqishni so‘ragan yoki so‘ramagani ochiqlanmagan.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi muddatga nomzod bo‘lgan Bayden avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Demokratik Milliy qurultoy uchun yetarli miqdordagi delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:38
 
12
0
xs.uz

Donald Tramp Venesuelaga qochib ketmoqchi. Bu uchun esa bir voqea sodir boʻlmasligi kerak

Ilon Maskga bergan intervyusida Donald Tramp agar saylovda magʻlub boʻlsa, Venesuelaga qochib ketishi mumkinligini aytdi. U bu haqda 'X' tarmogʻida tashkil etilgan suhbatda maʼlum qilgan.Tramp hazil bilan agar saylov natijalari uning foydasiga chiqmasa, Venesuela AQSHdan koʻra xavfsizroq boʻlishini maʼlum qilgan. AQSHning 45-prezidentining taʼkidlashicha, Venesuela mahbuslarni ozod qilish va ularni AQSHga noqonuniy muhojir sifatida yuborish orqali jinoyatchilik darajasini pasaytirmoqda.U

21 Jul 16:06
 
55
0
xs.uz

AQSHning 12 shtatida yangi kasallikning tarqalishi kuzatildi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining 12 shtatida listerioz kasalligining tarqalishi kuzatilmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu xastalik bilan 28 kishi kasalxonaga yotqizilgan, yana toʻrt kishi vafot etgan. U bilan bogʻliq oʻlim holatlari Illinoys va Nyu-Jersi shtatlarida, eng koʻp kasallanganlar Merilend va Nyu-Yorkda qayd etilgan.Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlarining xabar berishicha, kasallangan 10 kishidan toʻqqiz nafari doʻkonlarda sotib olingan goʻsht i

20 Jul 17:30
 
63
0
qalampir.uz

Islom hamkorlik tashkiloti BMT sudining Falastin bo‘yicha qarorini olqishladi

Islom hamkorlik tashkiloti, Falastin va ularning rasmiylari BMT Xalqaro sudining Isroilning Falastin hududini bosib olishi noqonuniy ekanligi va zudlik bilan tugatilishi kerakligi haqidagi sud xulosasini olqishladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.  “BMT sudining  xulosasi adolat va xalqaro qonuniylikning g‘alabasi, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarining tasdig‘idir”, deyiladi IHT bayonotida. Falastin Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni

29 Jul 15:08
 
71
0
qalampir.uz

Qozog‘iston Rossiyadan bug‘doy importiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Qozog‘iston hukumati bug‘doy va nasldor chorva mollarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni 2024 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bunday qaror tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida qabul qilindi. Dastlab 2024 yil 12 aprelda kiritilgan taqiq olti oy davom etishi kerak edi. Biroq Rossiyaning chegaradosh viloyatlaridan bug‘doyni noqonuniy olib kirish va keyinchalik uni qayta eksport qilish xavfi davom