calendar 15 Jun 08:29
eye 129
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolandi

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol davlatlar o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya yetakchisining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat imzolangan. Jumladan:

•  Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan hukumatlararo bitim;

•  Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitimlar;

•  Koreya Eksport-import banki bilan o‘rta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim;

•  “Toshkent Farma Park” innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim;

•  O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

•  Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

•  Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

•  Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

•  Transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

•  O‘zbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

•  O‘ta muhim minerallar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv;

•  Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishuv;

•  Malakali va professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

•  Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

•  “O‘zsanoatqurilishbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki o‘rtasida banklararo master-kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yil Koreya bilan almashinuvlar yili bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
25
0
xs.uz

Қурилиш компанияси фуқарога вақтида топширилмаган уй пулини қайтарди

Тошкент шаҳар Яшнобод туманидаги кўп квартирали уйлардан хонадон харид қилган фуқарога уй вақтида топширилмагани сабабли қилинган тўлов қайтарилди. Бу ҳақда Рақобат қўмитаси хабар қилди.Унга кўра, харидор аввалдан уй учун 387 миллион сўм тўлов қилган, аммо бир йилу уч ой ў

16 Apr 15:12
 
64
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

17 May 21:46
 
24
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

01 Jun 03:47
 
26
0
xs.uz

Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.Hozirgi muborak kunlarda aziz yurtdoshlarimiz Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo'lib turishibdi. Davlatimiz rahbari ular uchun yaratilgan sharoitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida so'radi.Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etish uchun barcha tashkiliy choralar ko'rilganini ta'kidladi.Ayni paytda 15 ming