calendar 14 Jun 20:55
eye 144
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda 2025 yil Koreya bilan almashinuvlar yili bo‘lishi kutilmoqda

image

Kelgusi uch yil uchun O‘zbekiston-Koreya mintaqaviy strategik sherikligining texnologiyali dasturni tayyorlash topshirildi. Bu haqda bugun, 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda so‘z bordi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan hukumatlarga bir qator ustuvor sohalarda hamkorlik qilish taklif etildi.

  • O‘ta muhim mineral resurslar sohasidagi hamkorlik. Bu resurs bazasini chuqur qayta ishlagan holda qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirini yaratishni nazarda tutadi;
  • Koreya Respublikasi an’anaviy ravishda global yetakchilardan biri hisoblangan yarimo‘tkazgichlar sohasida strategik hamkorlik. Bu borada mamlakatimizda mintaqada birinchi yaxlit ilmiy-ishlab chiqarish klasterini barpo etish rejalashtirilgan;
  • Kimyo sanoatida keng ko‘lamli hamkorlik. Ya’ni “Yashil” vodorod va ammiak ishlab chiqarish, shuningdek, tayyor rezin-texnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar tayyorlangan;
  • Mashinasozlikda kooperatsiyani chuqurlashtirish. Jumladan, joriy yil bahorida Jizzax viloyatida KIA avtomobillarini yig‘ish liniyasini ishga tushirilgandi. Kelgusi yilda yiliga 60 mingdan ortiq sedan ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan;
  • “Aqlli” qishloq xo‘jaligini yaratishga texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, agrar tarmoqni raqamlashtirish, "aqlli" va "yashil" texnologiyalarni joriy etish;
  • Mamlakatimiz hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va bog‘dorchilik majmualarini barpo etish;
  • Infratuzilmani modernizatsiya qilish va shaharsozlik dasturi. Koreya banklari va kompaniyalarining transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida turarjoy va tijorat ob’ektlarini loyihalashtirish;
  • Zamonaviy va xavfsiz energetika. “Yashil” energetika va energiya samaradorligini oshirish sohasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish uchun tomonlar energetika vazirlari darajasida strategik muloqotni qayta tiklashga kelishildi.

Shu bilan birga, EDCF jamg‘armasi doirasida 2 milliard dollarlik yuqori tezlikdagi elektr poyezdlarni yetkazib berish, "Toshkent Farma Park" loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va ta’lim muassasalarini jihozlash kabi kelishuvga erishildi.

Hozirgi sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha 9,6 milliard dollarlik yangi loyihalar portfeli shakllantirilgani bildirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kattalar uchun shifoxona va onkologik klinikani o‘z ichiga olgan tibbiy klaster loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu yuzasidan Koreyaning ixtisoslashtirilgan markazlarida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishga tushiriladi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda Koreya fan va texnologiyalari instituti (KAIST) modeli asosida institut tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Qo‘shimcha sifatida, Koreya Davlat boshqaruvi instituti va Milliy inson resurslari instituti bilan hamkorlikda Toshkentdagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt o‘quv markazini ochish aytib o‘tildi.

Koreyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda koreys tilini o‘rganish dasturlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Koreys va o‘zbek xalqini yanada yaqinlashtirish maqsadida kelgusi yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilish va o‘zaro madaniy tadbirlarni o‘tkazish taklif qilindi. Bundan tashqari, 2027-yilda O‘zbekistonda koreys diasporasi istiqomat qilayotganining 90-yilligi keng nishonlanib, shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Koreys madaniyati va san’ati uyida muzey va kutubxona ochiladi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq muddatlar va amalga oshirish mexanizmlari belgilangan "yo‘l xaritalari"ni qabul qilishga topshiriq berdi.

“Keng delegatsiyangiz bilan O‘zbekistonga amalga oshirayotgan davlat tashrifingizni yurtimiz va mintaqamiz bilan ko‘p qirrali hamkorlik rivojiga katta e’tiborning yana bir tasdig‘i sifatida qabul qilamiz”,  deydi Shavkat Mirziyoyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:18
 
36
0
xs.uz

Prezident raisligida sud faoliyatini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Inson manfaatlari, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan bu sohani takomillashtirish davlatimizning doimiy e'tiborida. So'nggi sakkiz yilda sudlarga doir 70 ga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.Bular aholi va tadbirkorlarning masalalarini hal etib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilayapti. O'tgan yili sudlarda 3 milliondan ortiq masala ko'rib chiqildi. Bu ' aholining huquqiy ongi oshib borayotganidan dalolat.Hozirgi kunda sudga ariza berish, su

28 Feb 01:18
 
41
0
xs.uz

Prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli 'Katta dubulgʻa' xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni'qabul qildi.Mazkur yirik sport tashkiloti bilan mamlakatimizda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtiro

06 Mar 16:11
 
31
0
xs.uz

Respublika pediatriya markazida O‘zbekistonda ilk bor videokapsula endoskopiyasi joriy qilindi — SSV

Tadbirdan ko'zlangan maqsad soha mutaxassislariga bolalarda uchraydigan hazm a'zolari va ichak kasalliklarini zamonaviy vedokapsulali endoskopiya orqali aniqlash haqida ma'lumot berish hamda uni amaliyotga joriy etishdan iborat.Ta'kidlash lozimki, mazkur innovatsion usul bolalarda ko'p uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklariga barvaqt va samarali tashxis qo'yish imkonini beradi.Ushbu qurilma raqamli texnologiya va mikroelektronika sohasidagi eng so'nggi yutuqlarni o'zida jamlagan bo'lib, ingichk

06 Mar 16:11
 
17
0
xs.uz

Hazrati Usmon Qur’onining 120-yil avvalgi faksimile nusxalari o‘rganilmoqda

Muzey vakili xorijiy hamkor sifatida Markaz xodimlari bilan yaqindan faoliyat olib bormoqda. Mehmon markaz xodimlari bilan O'zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mus'hafi tarixi bilan bog'liq manbalarni, shuningdek, mazkur qo'lyozmaning 1905-yilda Rossiyada chop etilgan 50 ta faksimile nusxasining tarqalish geografiyasini o'rganmoqda.'O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi misli ko'rilmagan loyiha bo'ldi, deb o