calendar 14 Jun 16:39
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kuyov oilaviy masalaga aralashgan qaynota-qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi

image

Samarqand viloyatining Payariq tumanida erkak turmush o‘rtog‘ining uyiga borib, 62 yoshli qaynotasi va 60 yashar qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Voqea joriy yilning 10 iyun kuni soat 12:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. 

Gap shundaki, 1988 yilda tug‘ilgan J.M. Payariq tumani “Nakurt” mahallasi Bekto‘pi qishlog‘ida yashovchi qaynotasi R.J.ning uyiga kelib, rafiqasi Z.A. bilan oilaviy masalalarda janjallashgan. Er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikka dastlab qaynona N.J., keyin esa qaynota R.J. aralashgan. O‘zaro janjal oqibatida kuyov avval qaynonasi (1964 yilda tug‘ilgan), keyin esa qaynotasiga (1962 yilda tug‘ilgan) oshxona pichog‘i bilan ko‘plab kesuvchi va sanchib kiruvchi jarohatlar yetkazgan. Oqibatda qaynota va qaynona olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan kuyov J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Jinoyat ishi bo‘yicha J.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
42
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim

18 Jun 21:55
 
183
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toʻqayevga samimiy qabul va 'Markaziy Osiyo ' Xitoy' ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.Sizning 'Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻzaro hurmat, o

13 Jun 00:38
 
26
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi