calendar 14 Jun 10:52
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Keraksiz bolalar” kimga kerak?

image

Oxirgi yillarda o‘zbek futbolida ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani barchaga birdek ayon. Milliy terma jamoa Jahon chempionati uchun yurishini munosib tarzda davom ettirmoqda, Olimpiya jamoasi esa mamlakat tarixida ilk bor to‘rt yillikning eng yirik sport o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbek futbolchilari xorijning bir qator klublarida munosib tarzda to‘p surib, charm to‘p muxlislarining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda futbol qamrovi kengayayotgani ham bor gap. So‘nggi yillarda faxriylar, mahallalar, talabalar va boshqa bir qator yosh hamda aholi vakillari o‘rtasida futbol turnirlari o‘tkazilayotganini ham aytish mumkin, biroq butun dunyoda ancha ommalashib ulgurgan media futbol O‘zbekistonda biroz e’tibordan chetga qolayoganga o‘xshaydi.

Bir necha yildirki, mamlakatda oddiy havaskor bolalardan iborat “Anvonted boys” (“Unwanted boys”) deb nomlangan media klub tashkil etilgan. Oxirgi paytlarda bu jamoa yigitlari turli xil qiziqarli futbol kontentlari tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda yetarlicha kuzatuvchini to‘plab qo‘ydi. Ular ishtirokidagi futbol o‘yinlarini ko‘rish uchun esa minglab yosh muxlislar stadionga boradigan bo‘ldi. Ammo QALAMPIR.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha, jamoa har bir o‘yini oldidan tashkiliy masalalarda, ayniqsa xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq qator muammolarga duch keladi.

Hozirga qadar O‘zbekistondagi hech bir futbolga oid tashkilotlar ham “Anvonted boys” jamoasining o‘yinlari uchun yordam qo‘lini cho‘zmagan. 

Joriy yil 9 iyun kuni “Anvonted” yigitlari O‘zbekiston Superligasining “Lokomotiv” klubi bilan o‘yin o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Biroq, klub yana tashkiliy masala va xavfsizlik xizmati xodimlarining o‘yinga kelmasligi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan va uchrashuv bekor qilingan.

QALAMPIR.UZ bugungi kunda yuqorida aytilgan muammoalarga qaramay, media futbolni rivojlantirib, O‘zbekistonda millionlar o‘yinini yanada ommalashtirishga harakat qilayotgan “Anvonted boys” jamoasi asoschisi Islom Abdujabborovga mikrofon tutdi.

“Nega bizda hammaga bir xil munosabat bo‘lmaydi? Xavfsizlik xodimlari O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida o‘z ishini bajaradiku, nega ular bizga qo‘pol muomalada bo‘ladi. Bizning hech kimga adovatimiz yo‘q, shunchaki O‘zbekistonda futbolni rivojlantirmoqchimiz”, deydi Abdujabborov.

Shuningdek, intervyu davomida Islom Abdujabborov “Anvonted boys”ning kelgusi rejalari, media futbol yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha o‘ylagan loyihalari haqida aytib o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Anvonted” yigitlari bir necha kun ichida o‘zbekistonlik afsonaviy futbolchi Server Jeparov boshchiligida Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l oladi va u yerda fijital-futbol bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:36
 
39
0
xs.uz

Bobur Omonov – ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.Eʼtiborlisi, vakilimiz ushbu natijasi orqali oʻzi tomonidan 2021-yil Tokioda oʻrnatilgan Paralimpiya oʻyinlari rekordini ham yangiladi.Maʼlumot uchun, Bobur Omonov bundan avval 'T

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik

26 Aug 12:29
 
79
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)

Italiya poytaxtidagi 'Olimpiko' stadionida futbol boʻyicha Italiya chempionatining 2024/2025-yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 'Roma' va 'Empoli' klublari toʻqnash keldi.Unda 'boʻrilar' sharmandali magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlim oxirida 'Empoli' hujumchisi Lorenso Kolomboning uzatmasidan keyin Emmanuel Gyasi boshi bilan toʻpni darvozaga kiritdi. Ikkinchi gol esa uchrashuvning 61-daqiqasida Kolombo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.Hamyurt

08 Sep 16:45
 
46
0
xs.uz

Tolibboy Yoʻldashev Parijda tengsiz boʻldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Tolibboy Yoʻldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.Ushbu dasturda qatnashgan yana bir vakilmiz Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev