calendar 14 Jun 10:05
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Aktrisa Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

“Malika Qayumova teatr san’atida o‘ziga xos o‘chmas iz qoldirgan noyob iste’dod egasi, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi san’atkor sifatida qalblarimizda mangu yashaydi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Malika Qayumova 1954 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan. Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 1993 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bu teatrda Malika Qayumova yosh bo‘lishiga qaramasdan, onalar rolini ijro etib, teatr jamoasining ishonchini qozongan. Malika Qayumova o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va  xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etgan. U 2011 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

12 Apr 21:14
 
37
0
xs.uz

Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt

15 Apr 07:05
 
25
0
xs.uz

Turkiyalik fuqaro murojaati sababli “Uzbekistan Airways”ga chora koʻrildi

Unga koʻra, Turkiya fuqarosi Qoʻmitaga murojaat qilib, aviakompaniyaning Anqara-Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutinsiz) ovqat yetkazib bermaganligini bildirgan. Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan boʻlgan. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonin

12 Apr 21:14
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekistonda aholi soni har kuni oʻrtacha qancha kishiga oshayotgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 37,7 million kishini tashkil etmoqda.Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 foizga oshgan.Oʻzbekiston aholisi 2025-yilning har bir oyida oʻrtacha 51,5 ming kishiga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2025-yilning