calendar 13 Jun 16:41
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Energiya tariflari oshirilganidan keyin inflyatsion kutilmalar 14 foizlik ko‘rsatkichga yetdi

image

May oyida aholining inflyatsion kutilmalari 14,0 foiz, tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari 12,7 foizni tashkil etdi. Umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining 2024 yil 13 iyundagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Tariflar o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’siri dastlab prognoz qilinganidan ko‘ra pastroq shakllanmoqda", deyiladi Markaziy bank xabarida.

May oyida inflyatsiya aprel oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,8 foizga o‘sgan. Bunday keskin o‘sish oxirgi marta bundan 5 yil oldin, 2019 yilning avgust oyida kuzatilgan edi.

Umuman olganda, O‘zbekistonda 2023 yildan e’tiboran inflyatsiya 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirilishi kerak edi.  O‘tgan yilning oktyabr oyidagi yig‘ilishda 5 foizlik targetga erishish muddati 2025 yilning ikkinchi yarmigacha uzaytirildi.

“Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligiga hamda inflyatsion kutilmalarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi”, deyiladi xabarda.

Pul-kredit siyosati

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, yanvar-may oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo va pullik xizmatlardan tushumlar 37,4 foizga va iqtisodiyot sub’ektlarining banklar orqali to‘lovlari hajmi 36,4 foizga ko‘paygan. Pul o‘tkazmalari hajmi 21 foizga oshgan.

Yanvar-may oylarida banklar tomonidan 102 trln so‘mlik yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga ko‘p kreditlar ajratilgan. Ushbu davrda aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 21 foizga, bank hisobvarag‘iga ega aholi soni 6,1 foizga va ularning hisobvaraqlari soni 14,8 foizga ko‘paygan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

TIV Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi

Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi. Bu haqida TIV rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron oʻrtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli toʻqnashuvlarga aylandi. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uygʻotmoqda.'Oʻzbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti

01 Jun 03:47
 
46
0
xs.uz

Yozning ilk kunida qanday ob-havoga guvoh boʻlamiz?

'Oʻzgidromet' 1-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi, Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatlarida havo biro

08 Jun 02:26
 
146
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ

13 Jun 00:38
 
44
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim