calendar 12 Jun 17:44
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Hindistondagi shifoxonada 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z joniga qasd qildi

image

Kecha, 11 iyun kuni 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol Hindistondagi xususiy shifoxona hammomida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Deccan Herard” nashri xabar berdi.

Hodisa Uttar-Pradesh shtatining G‘oziobod tumanidagi Kaushambi shahrida sodir bo‘lgan. Tibbiyot muassasasi xodimlarining aytishicha, Zulfiya ismli o‘zbekistonlik ayol 25 may kuni jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi uchun shifoxonaga yotqizilgan.

“U  tuzalgandi va ikki kun ichida shifoxonadan chiqarilishi kerak edi”, deydi tibbiyot muassasasi shifokori Ruchi Ranavat. 

Shuningdek, ayol bilan birga turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li ham bo‘lgan. Bemorga eri donorlik qilgan.

Indirapuram politsiyasi komissari yordamchisi Svatantra Kumar Singxning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kun Zulfiya shifoxonadagi xonasining hammomiga kirgan, ammo ayolning eri uning uzoq vaqtdan beri yuvinish xonasidan chiqmaganini sezib, shifoxona xodimlariga xabar bergan.

Shifoxonaning xavfsizlik xodimlari Kaushambi politsiya bo‘limiga xabar berishgach, politsiya xodimlari Zulfiyaning jasadi hammomdagi sochiq ilgichga osilib turganini aniqlashgan.

“Jasad tekshiruvga yuborilgan va sud-tibbiyot ekspertlari guruhi voqea joyini ko‘zdan kechirishmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida Hindistonning Haryana shtati Sonipat shahridagi dam olish maskanlaridan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgandi.

Sadoqat Hamrayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
21
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qo

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

10 Oct 10:49
 
11
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi