calendar 12 Jun 14:26
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya Turkiyaning Qora dengizdagi tashabbuslarini ko‘rib chiqmoqda – Putin

image

Rossiya Turkiyaning tashabbuslariga, jumladan Qora dengiz xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Men Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Qora dengizdagi vaziyat bo‘yicha tashabbusi haqida ham bilaman. Biz Turkiya Respublikasining ushbu yo‘lda barcha tashabbuslarini diqqat bilan va katta hurmat bilan ko‘rib chiqamiz va siz bilan aloqada bo‘lib qolamiz”, deydi Putin.

Rossiya Prezidenti Erdo‘g‘anning Qora dengiz bo‘yicha “don bitimi”ni tuzishdagi muhim rolini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Ukrainadan oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlar 2022 yil 22 iyulda Istanbulda 120 kunga tuzilgan, so‘ngra 2023 yil 17 iyulda tugaguncha uch marta uzaytirilgan. Bitimlardan biri donni Kiyev nazoratidagi Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan eksport qilishni tartibga solgan. Boshqa qismi esa Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlari uchun jahon bozorlariga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Turkiya g‘alla bitimini saqlab qolish uchun faol harakat qildi. Lekin Rossiya bitimning unga taalluqli sharti bajarilmagani uchun undagi ishtirokini to‘xtatdi.

Shahnoza Halilova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

KENGURULAR YURTI POLITSIYASI

Kengurular yurti dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda huquq-tartibotni saqlash uchun politsiya xodimlari, sheriflar, sud ijrochilari va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari mas’ul. Avstraliya politsiyasi 1979-yilda bir qator turdosh idoralarning birlashishi natijasida tashkil topgan. Mamlakatda politsiya ikki darajada ishlaydi: federal va shtat politsiyasi. Shunga ko‘ra, birinchisi federal qonunchilikka, ikkinchisi shtatlar va hududlarda tartib hamda qonunchili

10 Oct 16:16
 
12
0
xs.uz

Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?

Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi