calendar 10 Jun 18:08
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappening “Real”ga o‘tgani haqida film ishlandi (video)

image

Ispaniyaning “Marca” gazetasi Madridning “Real” klubi yangi futbolchisi fransiyalik Kilian Mbappega bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etdi.

Film 20 daqiqadan sal ko‘proq davom etadi va “Bu kunni 7 yildan beri kutgan Mbappe” deb nomlanadi. Mini-filmda Mbappe va “Real Madrid” o‘rtasidagi muzokaralardagi muhim voqeliklar haqida so‘z ochilgan, shuningdek, o‘tgan yili “Real”ning Mbappe bilan muvaffaqiyatsiz yakunlangan kelishuvi tafsilotlari ochib berilgan.

Ma’lumot uchun, Mbappe 3 iyun kuni PSJni tark etib, “Real”ga erkin agent sifatida o‘tdi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli hujumchi 48 uchrashuvda ishtirok etib, 44 gol urgan va 10 golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Mbappe transferidan qancha foyda qilishi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik futbolchilar turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari start oldi. “S” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi 1-turda Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi. Dastlabki daqiqalardanoq Temur Kapadze shogirdlari ustunlikni o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib uchrashuvda hisobni ispanlar ochishga muvaffaq bo‘ldi.  29-daqiqada standart vaziyatdan uzatib berilgan to‘pni, “qizil furiya&

18 Jul 14:27
 
79
0
qalampir.uz

Mbappe operatsiya qilinmaydi

Madridning “Real” klubi shifokorlari hujumchi Kilian Mbappeni birinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, fransiyalik futbolchining burnini operatsiya qilish kerak emas, degan qarorga keldi. Bu haqda AS xabar berdi. “Real Madrid” 16 iyul kuni “Santyago Bernabeu” stadionida Mbappening rasmiy taqdimot marosimini o‘tkazdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappe klub shifokorlari tomonidan muntazam ko‘rikdan o‘tadi. Uning ta’tildan qaytishi 8 avgust

17 Jul 09:47
 
133
0
qalampir.uz

Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligidan ketdi

Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasini tark etdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 2016 yildan beri terma ustozi sifatida faoliyat olib borayotgan 53 yoshli Sautgeyt bilan Angliya terma jamoasi 2 marta Yevro finaliga chiqdi va Jahon chempionati yarim finali qadar yetib bordi. Oxirgi Yevroda Angliya terma jamoasi finalda Ispaniya bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va kumush medallar bilan kifoyalandi.

22 Jul 11:47
 
71
0
qalampir.uz

Mahmud Murodovning raqibi va jangi sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchi janglar o‘tkazadigan Octagon MMA promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. O‘sha kuni Murodov Chexiyaning Brno shahrida tashkil etiladigan Octagon 61 turnir doirasida angliyalik sobiq UFC jangchisi Skott Askxemga qarshi jang qiladi. 36 yoshli Askxem MMA'da 20-6 rekordga ega. Janglarining 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. UFC'da oxirgi ma