calendar 18 Jul 14:27
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappe operatsiya qilinmaydi

image

Madridning “Real” klubi shifokorlari hujumchi Kilian Mbappeni birinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, fransiyalik futbolchining burnini operatsiya qilish kerak emas, degan qarorga keldi. Bu haqda AS xabar berdi.

“Real Madrid” 16 iyul kuni “Santyago Bernabeu” stadionida Mbappening rasmiy taqdimot marosimini o‘tkazdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappe klub shifokorlari tomonidan muntazam ko‘rikdan o‘tadi. Uning ta’tildan qaytishi 8 avgustga belgilangan.

Qayd etish joiz, Mbappe Yevro-2024'ning ochilish uchrashuvida Avstriyaga qarshi (1:0) burnidan jarohat oldi. Fransiya terma jamoasi sardori Niderlandiyaga qarshi guruh bosqichining 2-tur o‘yinini o‘tkazib yubordi, keyingi bahslarda esa maxsus himoya niqobida o‘ynadi. 

Ma’lumot uchun, “Real” 3 iyun kuni Mbappe bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Hujumchi erkin agent sifatida Madrid klubiga o‘tdi. Uning “qirollik klubi” bilan kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
64
0
qalampir.uz

Ajiotaj boshlandi. “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelmoqda

Mbappe nomi yozilgan futbolkalarga talab shunchalik ko‘paydiki, “Real Madrid”ning marketing tizimi yetkazib berish kechikishi haqida muxlislarni oldindan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, kechikishlar to‘rt haftadan olti haftagacha bo‘lishi mumkin. “Real Madrid” mutasaddilari Mbappe nomi tushirilgan futbolkalarga bunchalik katta talab bo‘lishini kutmagan. Bunday holat faqat 2009 yilda Krishtianu Ronaldu “Mancheste

21 Jul 18:22
 
102
0
qalampir.uz

Messi eng yaxshi sportchilar reytingida yetakchi bo‘lolmadi

XXI asrning eng yaxshi sportchilari reytingida amerikalik suzuvchi Maykl Felps peshqadam bo‘ldi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi reytingda 3-o‘rinni egalladi. Portugaliyalik to‘p ustasi Krishtianu Ronaldu esa top-10'ga ham kira olmadi. 39 yoshli hujumchi 13-o‘rinda qayd etildi. Eng yaxshi sportchilar reytingining kuchli beshligiga tennischi Serena Uilyams, basketbol ustasi Lebron Jeyms va Amerika futboli vakili Tom Bredi kirdi. E’tiborli

15 Jul 12:02
 
36
0
qalampir.uz

Fransiyada vazir Olimpiadadan oldin suvni tekshirish uchun daryoda suzib ko‘rdi (video)

Bugun, 13 iyul kuni Fransiyaning Sport, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari vaziri Ameli Udea-Kastera Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlari oldidan suvning sifatini tekshirib ko‘rish uchun Sena daryosidan suzib o‘tdi. Bu haqda “France 24” xabar berdi. 46 yoshli vazirga joriy yilning 28 avgust kuni Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida mezbon mamlakat Fransiya bayroqdori bo‘ladigan para-triatlonchi Aleksis Xankinkvant hamrohlik qilgan. Vazir dary

11 Jul 15:09
 
45
0
qalampir.uz

Angliya Niderlandiya ustidan g‘alaba qozonib, Yevro-2024'ning ikkinchi finalchisiga aylandi

Angliya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finalida Niderlandiya ustidan g‘alabaga erishdi. Raqiblar Dortmund Arenada to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Dastlab Niderlandiya kiritilgan gol evaziga oldinga chiqib oldi. Xavi Simons yettinchi daqiqada Deklan Raysdan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Harri Keynning golidan keyin inglizlar hisobni tenglashtirdi. Jamoa sardori 18-daqiqada penaltini golga