calendar 15 Jul 12:02
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fransiyada vazir Olimpiadadan oldin suvni tekshirish uchun daryoda suzib ko‘rdi (video)

image

Bugun, 13 iyul kuni Fransiyaning Sport, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari vaziri Ameli Udea-Kastera Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlari oldidan suvning sifatini tekshirib ko‘rish uchun Sena daryosidan suzib o‘tdi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.

46 yoshli vazirga joriy yilning 28 avgust kuni Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida mezbon mamlakat Fransiya bayroqdori bo‘ladigan para-triatlonchi Aleksis Xankinkvant hamrohlik qilgan. Vazir daryo ikki haftadan kamroq vaqt ichida boshlanadigan Parij Olimpiadasi ishtirokchilari uchun yetarli darajada toza bo‘lishiga umid qilmoqda.

Avvalroq triatlon va suzish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan Parijdan oqib o‘tuvchi Sena daryosida xavfli bakteriyalarning yuqori kontsentratsiyasi aniqlangan edi. Fransiya rasmiylar daryo suvini tozalash uchun taxminan 1,4 milliard yevro sarflagan.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax Udea-Kasteradan o‘rnak olishga va Sena daryosida suzishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiada arafasida Parijdan 5 mingga yaqin muhojirlar chiqarib yuborildi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada litsenziyalari 4 taga ko‘paygani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

“Liverpul” sobiq “Real” a’zosi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

“Real Sosedad”ning 23 yoshli vingeri Takefusa Kubo faoliyatini Angliyaning “Liverpul” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yaponiyalik futbolchining “Real Sosedad” bilan shartnomasida sotib olish variantini faollashtirishga tayyor, buning uchun “qizillar” rahbariyati allaqachon Kubo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.  Qayd etilishicha, “Real

26 Aug 12:29
 
43
0
xs.uz

DXX kubogi – 2024

Respublika bo'ylab 251 mingdan ortiq o'g'il-qizlarni birlashtirgan, 'Sog'lom yoshlar ' Yangi O'zbekiston kelajagi' shiori ostida o'tkazilgan futbol va mini-futbol bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yakunlandi.Unda o'g'il bolalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha:1-o'rin. 'Yangi avlod' /Qashqadaryo viloyati/2-o'rin. 'Dambog'' /Namangan viloyati/3-o'rin. 'Jo'rabod' /Buxoro viloyati/Qiz bolalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha:1-o'rin. 'Qarshi' /Qashqadaryo viloyati/2-o'rin. 'Chinoz'

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik futbolchilar turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari start oldi. “S” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi 1-turda Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi. Dastlabki daqiqalardanoq Temur Kapadze shogirdlari ustunlikni o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib uchrashuvda hisobni ispanlar ochishga muvaffaq bo‘ldi.  29-daqiqada standart vaziyatdan uzatib berilgan to‘pni, “qizil furiya&

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.