calendar 26 Jul 10:19
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik futbolchilar turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi

image

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari start oldi. “S” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi 1-turda Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi.

Dastlabki daqiqalardanoq Temur Kapadze shogirdlari ustunlikni o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib uchrashuvda hisobni ispanlar ochishga muvaffaq bo‘ldi. 

29-daqiqada standart vaziyatdan uzatib berilgan to‘pni, “qizil furiya” a’zosi Pubil “oq bo‘rilar” darvozasiga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. 1-taym yakuniga yetayotgan pallada ispaniyalik futbolchilar o‘z jarima maydonchasida O‘zbekiston sardori Eldor Shomurodovga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. VAR orqali hakam vaziyatga aniq baho berib, Ispaniya darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan Shomurodovning o‘zi aniq zarba yo‘llab, hisobdagi muvozanatni tikladi.

2-taymning 57-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev jarima maydonchasida ispaniyalik futbolchiga kichik qo‘pollik ishlatdi. Hakam esa Abduvohid Ne’matov darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan ispan futbolchisi aniq zarba yo‘llagan bo‘lsa ham, Ne’matov seyv qilishga muvaffaq bo‘ldi va hisob o‘zgarmadi.

62-daqiqada Ispaniyaning chap qanotdan qilgan hujumi gol bilan yakunlandi. Gomes Ne’matov darvozasini ishg‘ol qildi.

2:1 hisobi uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi turnirdagi yurishini mag‘lubiyat bilan boshladi. Ispaniya esa 1-turdayoq 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruh peshqadamiga aylanib oldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruhdagi navbatdagi o‘yinini 27 iyul kuni o‘tkazadi. O‘sha kuni Kapadze shogirdlariga Misr Olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
44
0
qalampir.uz

Argentina Amerika kubogini qo‘lga kiritdi

Argentina terma jamoasi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Finalda u Kolumbiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda hujumchi Lautaro Martines kiritdi. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi va o‘yinning 66-daqiqasida almashtirildi. Mayamida bo‘lib o‘tgan final starti tartibsizliklar tufayli bir

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.

15 Jul 12:02
 
53
0
qalampir.uz

Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi. Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan va

22 Jul 18:42
 
52
0
qalampir.uz

Parij-2024: Fransiya xavfsizlik masalasida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilmoqda

Fransiya hukumati 40 ta davlat bilan hamkorlikda Parijdagi Olimpiada o‘yinlari xavfsizligini ta’minlamoqda. Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange ma’lum qildi. “Har qanday xalqaro tadbirda bo‘lgani kabi xalqaro xavfsizlik hamkorligi borligini tasdiqlay olaman. Fransiya bilan xavfsizlik masalalarida 40 ta davlat hamkorlik qilmoqda. Biz xavfsizlik masalasida hamkorlik ishlarini ikki yil oldin boshlagan edik. O‘yinlar davomida hamma narsa to‘liq nazora