calendar 07 Jun 17:23
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qaysi organlarga nisbatan tatbiq etiladi?

image

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bugun, 7 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Prezident tomonidan bir necha kun oldin imzolangan va 6 oydan so‘ng kuchga kiradigan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning qaysi tashkilot va organlarga nisbatan qo‘llanilishi bilan bog‘liq savolga javob berdi. 

“Birinchi navbatda bu davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi”, deydi Adliya vaziri o‘rinbosari.  

Karimovning so‘zlariga ko‘ra, davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari mavjud va shuning uchun qonunga amal qilishda bitta qoida belgilangan. Ya’ni davlat organlari va yuqorida ta’kidlangan idoralar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlarda ham agar uning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, bu holatlarda davlat xaridlari qismiga nisbatan ushbu qonun to‘liq amal qiladi. 

“Raqamlarni keltiradigan bo‘lsam, uning ta’sir doirasi qanchalik kengligini shu raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Qonun 69 ta davlat organlariga, 220 ta mahalliy davlat hokimiyat organlariga, 26 400 ta davlat muassasalariga, 503 ta davlat unitar korxonalariga, 23 ta davlat maqsadli jamg‘armalariga, 153 ta davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Yuqorida aytilgan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etiladigan qismi esa qariyb 2 mingdan ortiq bo‘lgan korporativ buyurtmachilarga davlat xaridlari sohasida tatbiq etiladi”, deydi Alisher Karimov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

15 Jul 12:03
 
72
0
xs.uz

Namanganda 2,3 mlrd soʻmlik elektrni oʻgʻirlagan shaxsga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Namanganda oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Oʻzenergoinspeksiya' Namangan viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida Norin tumanidagi 'Б.М.Ф.' MCHJ norasmiy rahbari Ш.У. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 36

19 Jul 17:09
 
55
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Yangi Oʻzbekiston armiyasi mardlik, fidoyilik, vatanparvarlik maktabi

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidanInsoniyat tamaddunining beshigi boʻlgan muqaddas Vatanimiz ayni kunlarda yangi davrga qadam qoʻyib, jahonda yangi Oʻzbekiston nomi bilan qayta boʻy koʻrsatmoqda. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mard va oliyjanob xalqimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi marralarni koʻzlab, yangidan-yangi yutuqlarga erishmoqda. Oʻzining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini shar