calendar 05 Jun 10:23
eye 93
comments 0
comments Manba: postda.uz

PILLA O‘G‘RILARI

image

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida pilla xomashyosining talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq bir nechta holat fosh etildi. Jumladan, Jondor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi fuqaroning avtomashinasi to‘xtatib tekshirilganda, 200 kilogramm pilla xomashyosi borligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida u pilla xomashyosini tumanning “Jamiyat” mahallasida yashovchi H. ismli ayoldan har bir kilosini 50 ming so‘mdan sotib olganligi ma'lum bo‘ldi. 

Kogon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi to‘xtatib tekshirilganda, yukxonasidan 295 kilogramm pilla xomashyosi chiqdi. Shuningdek, Shofirkon tumanida o‘tkazilgan tadbirlardan birida “Jo‘ynav” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli “Labo” rusumli avtomashinada 532 kilogramm pilla xomashyosi borligi aniqlandi. Qonun himoyachilarining tezkor surishtiruv ishlari natijasida fuqaro pilla xomashyosini Vobkent tumanida sotish maqsadida olib borayotganini tan oldi. Bundan tashqari, viloyat IIB xodimlari tomonidan Qorovulbozor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan “Ford” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganda, avtomashina yukxonasida 800 kilogramm, Kogon tumanida o‘tkazilgan tadbirda esa yana bir “Ford” rusumli avtomashinada 950 kilogramm pilla xomashyosi borligi aniqlandi. 

Mazkur tadbirlar jarayonida hujjatlashtirib olingan pilla xomashyosi tegishli joyga topshirilib, qonunbuzarlarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Har bir holat bo‘yicha huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta'minlanadi.   

Mirzoqul AHADOV,

o‘z muxbirimiz.

Buxoro viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 16:09
 
70
0
xs.uz

Dollar va rubl kursi koʻtarildi, yevro esa pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,14 soʻmga oshdi va 12 601,08 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 2,00 soʻmga tushib, 13 774,24 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,31 soʻmga koʻtarilib, 143,50 soʻmni tashkil qildi.

11 Jul 18:03
 
72
0
xs.uz

Germaniya malakali xorijlik ishchilar uchun soliq imtiyozlari berishi mumkin

Mazkur oʻzgarish haqda xabar bergan 'Deutsche Welle' nashrining yozishicha, Federal moliya vaziri Kristian Lindner Olmoniyada ishlagan dastlabki uch yil davomida chet ellik mutaxassislar uchun soliq imtiyozlarini eʼlon qildi. Malakali mutaxassislar uchun chegirmalar 30, 20 va 10 foiz boʻladi. Qayd etilishicha, bu reja muxolifatdagi siyosatchilar va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan tanqidga uchradi.Tanqidchilarning taʼkidlashicha, soliq imtiyozlari mahalliy ishchilarning haqli eʼtirozl

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Issiqlik korxonasi hisoblagan 4 mlrd soʻm asossiz qarzdorlik bekor qilindi

Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Fargʻona viloyati 'Issiqlik manbai' ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.Oʻrganishlar natijasida isitish mavsumi davomida koʻp qavatli uylarga issiqlik taʼminotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya h

24 Aug 17:27
 
7
0
xs.uz

Qishloq ayollariga elektr separatorlar topshirildi — FAO

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 'Hech kim ortda qolmasligi kerak: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish' loyihasi doirasida Boʻstonliq tumanidagi qishloq ayollariga sutni qayta ishlash uskunalari (elektr separatorlar) topshirildi. Qayd etilishicha, bu qishloq ayollarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oʻziga ishonchi uchun yangi imkoniyatlar esh