calendar 11 Jul 18:03
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

Germaniya malakali xorijlik ishchilar uchun soliq imtiyozlari berishi mumkin

image
Mazkur oʻzgarish haqda xabar bergan 'Deutsche Welle' nashrining yozishicha, Federal moliya vaziri Kristian Lindner Olmoniyada ishlagan dastlabki uch yil davomida chet ellik mutaxassislar uchun soliq imtiyozlarini eʼlon qildi. Malakali mutaxassislar uchun chegirmalar 30, 20 va 10 foiz boʻladi. Qayd etilishicha, bu reja muxolifatdagi siyosatchilar va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan tanqidga uchradi.

Tanqidchilarning taʼkidlashicha, soliq imtiyozlari mahalliy ishchilarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlishi mumkin. 'Yashillar' partiyasi rejaning Germaniya Konstitutsiyasiga mos kelishidan xavotir bildirgan. Ularning fikricha, bu Germaniya asosiy qonunidagi tenglik tamoyilini buzishi mumkin.

Federal mehnat vaziri Xubertus Xayl ham rejadan xavotir bildirdi. Jamoatchilikda tushunmovchiliklarga yoʻl qoʻymaslik zarurligini taʼkidladi. Iqtisodiy ragʻbatlantirishga intilayotgan 'Erkin demokratik partiya' esa tanqidni asossiz va mamlakatdagi demografik muammolarni hal qilishdagi 'kalit' sifatida koʻrmoqda.

Ayni paytda Germaniya iqtisodiy oʻsishga toʻsqinlik qiladigan malakali ishchilarning katta tanqisligiga duch kelmoqda. Taklif etilayotgan soliq imtiyozlari esa mamlakatga koʻproq malakali ishchilarni jalb qilishga qaratilgan.

Avvalroq, sobiq futbolchi Toni Kroos Germaniya 10-yil avvalgidek xavfsiz emasligi immigiratsiya bilan bogʻlagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd

12 Apr 21:16
 
39
0
xs.uz

Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda 'Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti hamda 'Fridrix Ebert' nomidagi jamgʻarma

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

QUTURISH KASALLIGIGA QARSHI

Viloyat IIB JXX JTSB Karantin guruhi hamda veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Peshku tumanida maxsus-taktik o‘quv mashg’uloti o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg’uloti quturish kasalligiga qarshi kurashda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini ogohlantirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.Shuningdek, mutaxassislar tomonidan quturish kasalligining old

20 Mar 12:54
 
62
0
xs.uz

Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan