calendar 03 Sep 21:35
eye 43
comments 0
comments Manba: xs.uz

Issiqlik korxonasi hisoblagan 4 mlrd soʻm asossiz qarzdorlik bekor qilindi

image
Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Fargʻona viloyati 'Issiqlik manbai' ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.

Oʻrganishlar natijasida isitish mavsumi davomida koʻp qavatli uylarga issiqlik taʼminotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (taʼminot uzilishi) sodir boʻlgan vaqtlarda hamda tabiiy gaz bosimi pastligi va boshqa asosli sabablarga koʻra, aholi xonadonlariga yetarli darajada issiqlik taʼminoti yetkazib berilmagani, shuningdek, taʼminotchi korxona bilan tuzilgan shartnomalarning tegishli bandlariga asosan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilganda 6146 nafar isteʼmolchining xonadonlariga 4 milliard 173 million soʻmdan ortiq noreal debitor qarzdorlik hisoblangani aniqlangan.

'Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida'gi qonunga koʻra, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas', deyiladi xabarda.

Yuqoridagilarga koʻra, ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha hududiy boshqarma tomonidan mazkur holat yuzasidan viloyat 'Issiqlik manbai' ishlab chiqarish davlat boshqarmasiga isteʼmolchilarga hisoblangan 4 milliard 173 million soʻmdan ortiq asossiz qarzdorlikni bekor qilish yuzasidan koʻrsatma berildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida taʼminotchi korxona tomonidan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan qarzdorliklar bekor qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
28
0
xs.uz

“Gohi shodlik, gohi gʻam”: Xorijiy valyutalar yoppasiga pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,87 soʻmga pasayib, 12 979,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,64 soʻmga pasaydi va 131,22 soʻmni tashkil qildi.Qayd etish kerakki, soʻnggi uch kunda barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbati ortib borayotgan edi.

27 Jan 00:54
 
24
0
xs.uz

Dollar “uchmoqda”, yevro va rubl ham koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 21-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,09 soʻmga koʻtarilib, 12 975,09 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 21,31 soʻmga oshib, 13 373,43 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,14 soʻmga koʻtarildi va 127,63 soʻmni tashkil qildi.

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.