calendar 03 Jun 23:19
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappe Fransiya Olimpiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi

image

Hujumchi Kilian Mbappe futbol bo‘yicha 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasining dastlabki tarkibiga kiritilmadi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron hujumchining Olimpiadadagi ishtiroki masalasini Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Fransiyalik futbolchining o‘zi esa Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Mbappe 25 yoshda va 2018 yildan buyon PSJda o‘ynadi. Jamoa tarkibida futbolchi besh karra Fransiya chempioni, uch karra mamlakat kubogi va superkubogi sohibi bo‘ldi, ikki marta Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa tarkibida Mbappe 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqdi va 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial kumush medalini qo‘lga kiritdi va sakkizta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. 2021 yilda forvard Fransiya terma jamoasi bilan birgalikda Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.

2024 yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi futbol musobaqalari 24 iyuldan 10 avgustga qadar Parij va Fransiyaning boshqa olti shahrida bo‘lib o‘tadi. Parijdan tashqari musobaqalar Bordo, Marsel, Lion, Nant, Nitssa va Sent-Etenda o‘tkaziladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Rossiya davlat televideniyesida Polshaga ochiqdan ochiq tahdid qilindi

Maʼlum boʻlishicha, ekspert Polshaning Rossiyaning yaqin ittifoqchisi boʻlgan Belarusga nisbatan harakatlaridan noroziligini shu tariqa ifodalashni maqsad qilgan.Polsha NATO aʼzosi boʻlib, 2022-yil fevralida Rossiyaning harbiy harakatlari boshlangandan beri Ukrainani kuchli qoʻllab-quvvatlab keladi. Butun mojaro davomida Polsha Ukrainani qoʻllab-quvvatlagani uchun Rossiya rasmiylarining tahdidlariga duch kelmoqda. Urush paytida Rossiyaning qanotli raketalari hatto Polsha havo hududiga ham

09 Oct 12:37
 
20
0
postda.uz

Voleybolchi ayollar bellashuvi

Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tuman IIOFMBlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun oʻzaro bellashishdi.Musobaqa yakuniga koʻra Sergeli tumani jamoasi 3-oʻrin, Yakkasaroy tumani sportchi ayollari 2-oʻrinni band etishdi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan markaziy apparat terma jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Gʻolib va sovrindorlarga IIBB

09 Oct 12:37
 
10
0
postda.uz

ҲИДОЯТ ПОЛВОН ҒОЛИБ

ИИВ ЖИЭД Тўртинчи минтақавий ҳудуд мувофиқлаштириш маркази тасарруфидаги жазони ижро этиш колониялари, манзил колониялари ва тергов ҳибсхоналари ёш ходимлари ўртасида кураш мусобақаси ўтказилди.Қизғин ва муросасиз баҳсларда 2-сонли жазони ижро этиш колонияси даволаш-п

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi