calendar 03 Jun 17:21
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda ruhiy nosog‘lom erkak qo‘shni ayolni kaltakladi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi ayol kishiga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Yashnobod tumanining Ohanrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida 1998 yilda tug‘ilgan, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi A.A. qo‘shnisi 1986 yilda tug‘ilgan N.X. va uning voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng A.A. fuqaro N.X. ni sochidan sudrab, unga nisbatan kuch ishlatgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. 

“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t

16 Jul 23:33
 
169
0
xs.uz

Oʻzbekistonda shoir Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi

Qarorga koʻra, shoirning 'Tanlangan asarlar' toʻplami oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va taqdimotlari oʻtkaziladi.Davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan sahna asarlari hamda 'Ajiniyoz' badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Nukus shahrida shoir ijodiga bagʻishlangan 'Ayt, sen Ajiniyozning qoʻshiqlaridan' mavzusida mamlaka

26 Jul 10:20
 
33
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

12 Jul 17:05
 
81
0
xs.uz

Fargʻonadagi muammolar tahlil qilinib, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi choralar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻsib borayotgan aholi talabini taʼminlash uchun iqtisodiyotni izchil rivojlantirish zarurligini taʼkidladi.' Fargʻona katta viloyat. Hozirgi kunda aholi 4 milliondan oshdi. Bunday oʻsish bilan 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu aytishga oson. Lekin bu raqam ortida qancha masʼuliyat va javobgarlik bor. Har yili yangi bogʻcha va maktablar, uylar qurish, yuz minglab ish oʻrinlari yaratish zarur. Shuning uchun hozirgi tahlikali zamonda qanday qilib iqtisodi