calendar 26 Jul 10:20
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8 soat o‘tib ham boshlanishi mumkin.

FVVga ko‘ra, quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur:

  • Iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslik.

  • Tabiiy matolar (paxta, kanop va boshqalar) dan tayyorlangan kiyim kiyish.

  • Albatta, yengil, yorqin rangli bosh kiyim kiyish. Ko‘zga quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish.

  • Suv ichish rejimiga amal qilish. Tartibsiz ko‘p miqdorda suv ichish faqat chanqoqni yaxshi bosmaydi, lekin yurakni zo‘riqtiradi. 

  • Quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish.

  • Quyoshda bo‘lib qaytgandan so‘ng, dush qabul qilish yoki ho‘l sochiq bilan artinish.

  • Och qoringa yoki ovqat yegandan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmaslik.

Quyosh urishi yoki issiq urishi belgilari:

  • darmonsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i va chanqash kuzatiladi;

  • bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, butun tanada og‘riq bo‘lib, puls va nafas tezlashadi. Ayrim paytlarda ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Terlash kuchayadi, burundan qon ketishi mumkin.

  • yurak-qon tomir faoliyati va nafas olish keskin buziladi, hushini yo‘qotishi mumkin.

  • ayrim paytlarda tutqanoq tutishi, alahsirash, gallyutsinatsiya kuzatilishi mumkin.

Quyosh urishining og‘ir shaklida ter ajralishi to‘xtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.

Quyosh yoki issiq urganda birinchi tibbiy yordam

Qayd etilishicha, birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri ko‘rsatish inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Asosiysi, kishi o‘zini yo‘qotmasdan hammasini to‘g‘ri va tez bajarish zarur.

  • bemorni salqin joyga o‘tkazish, chalqancha yotqizish, boshini salgina ko‘tarib qo‘yish, kiyimlarini yechish, butunlay tinch muhit yaratish va toza havo kelishini ta’minlash;

  • agar bemor hushida bo‘lsa achchiq choy yoki sovuq suv ichirish, (yaxshisi suvga 0,5 litrga 0,5 choy qoshiqda tuz qo‘shish);

  • boshini sovuq suv bilan ho‘llash yoki boshiga nam sochiq qo‘yish;

  • og‘ir holatlarda bemorni ho‘llangan choyshab bilan o‘rab qo‘yish yoki ustidan sovuq suv quyib turish mumkin, lekin ehtiyot bo‘lish kerak (tana harorati 30 gradusdan tushib ketmasligi kerak). Agar iloji bo‘lsa qon tomirlari ko‘p bo‘lgan qo‘ltiq osti, chov va tizza orqasiga muz yoki sovuq suv to‘ldirilgan idish qo‘yish kerak;

  • quyosh yoki issiq urgan bemorlarni yaqin o‘rtadagi davolash muassasasiga olib borish zarur. Og‘ir hollarda esa zudlik bilan tez yordam brigadasini chaqirish zarur.Ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8 soat o‘tib ham boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 25-29 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Charos O‘ralova 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida

29 Jul 12:36
 
61
0
qalampir.uz

Yana bir bank jarimaga tortildi

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Term

22 Jul 14:10
 
74
0
qalampir.uz

“Chorvoq”dan ikki kishining o‘ligi chiqdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududida joylashgan “Chorvoq suv ombori” havzasida sodir bo‘lgan suv-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Voqea joriy yilning 20 iyul kuni taxminan soat 13:30 da sodir bo‘lgan. 19 yoshli Q.F.  “Yamaxa” rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va suv havz

26 Jul 16:56
 
66
0
qalampir.uz

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb e’tirof etildi. Bu haqda “Xavfsizlik tushunchalari 2023” (SPI) indeksi xabar berdi. Qayd etilishicha, SPI 121 davlatni o‘zida jamlagan ro‘yxatni shakllantirgan. Unga ko‘ra, fuqarolar yashayotgan davlatida qanchalik o‘zini xavfsiz his qilishi haqida global so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomaning asosini mamlakatdagi oziq-ovqat, suv tanqisligi, zo‘ravonlik darajasi, ob-havo sharoiti, ruhiy sog‘liq, ish joyidagi xavf