calendar 03 Jun 11:45
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Maldiv orollari isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqlayapti

image

Maldiv orollari respublikasi Isroil fuqarolarini mamlakat hududiga kirishini taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlat rahbari Muhammad Muizzouning Vazirlar Mahkamasi tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan bu qarori haqida kecha, 2 iyun kuni Milliy xavfsizlik va texnologiyalar vaziri Ali Ehson matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Ushbu qaror kuchga kirishi uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi", deyiladi Prezident ma’muriyati bayonotida.

Isroil bilan diplomatik aloqalarni davom ettirmayotgan Hind okeanidagi orol davlati G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik belgisi sifatida shunday qadam tashladi.

Maldiv orollari Prezidenti idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligi (UNRWA) orqali falastinliklarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshlashni ham buyurgan. Davlat muhtoj falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
22
0
xs.uz

Livandagi portlash va Rossiyaning oʻq-dori omboriga zarba (+video)

Livandagi peyjer voqeasi va unda kimning qoʻli bor?'Reuters' axborot agentligining xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, seshanba kuni Livanda portlashlar boshlanishidan oldin Isroilning Mossad josuslik agentligi 'Hizbulloh' tomonidan olib kelingan 5 mingta peyjer ichiga portlovchi moddalar oʻrnatgan.Manbalarning 'Reuters' agentligiga aytishicha, fitnaga koʻp vaqt tayyorgarlik koʻrilgan. Ovozli signallar mamlakatga joriy yilning boshida olib kelingan.Peyjerlarning 3 mingtasi kodlang

10 Oct 17:44
 
22
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1

09 Oct 15:17
 
16
0
xs.uz

Isroil mudofaa vaziri AQSHga safarini nega bekor qildi?

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant AQSHga tashrifini bekor qildi. Toʻxtatilgan sayohat Isroilning Eronning raketa hujumiga javob qaytarishiga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi. Vazir AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi.Pentagon matbuot kotibi bu maʼlumotni tasdiqladi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefonda gaplashmaguncha va Isroilning Eronga javobini maʼqullamaguniga qadar tashrif toʻxtatilgani haqidagi xabarlarga izo

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini